TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Muvofiqlashtirish; o'zini o‘zi muvofiqlashtirish; makroregulator; indikativ usul; administrativ usul; iqtisodiy lartiblashtirish; tartibga soluvchi institutlar.
NAZORAT SAVOLLARI
0‘zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish mexanizmi qanday?
Moliya bozorini tartibga solish institutlari tarkibini ko'rsating.
Moliya bozorini tartibga solishda davlat institutlari o‘mi.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga soluvchi organlaming vazifalari.
188
12-bob. MOLIYA BOZORIDA INVESTITSIYALAR
HARAKATI VA ULARNING
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Moliya bozori orqali investitsiyalar harakatini
tashkil etish va investitsiya jarayoni
Moliya bozori — moliyaviy resurslarni taklif qiluvchilarni va ularga ehtiyoj sezayotganlar, odatda, fond birjalariga o'xshash vositachilar yordamida bitim tuzish uchun birlashtirish mexa- nizmidir. Aksiyalar bozori, obligatsiyalar bozori, auksionlar bozori kabi moliyaviy bozorlarni qator tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Ularning umumiy xususiyati, moliyaviy vosita bahosini turli holatlarda — talab va taklifni muvozanat nuqtasini topish- likdadir.
Daromadlilik, tavakkalchilik, inflatsiyalar, dunyodagi turli vaziyatlar haqida yangi axborotlarni e’lon qilinishi tufayli talab va taklif nisbatining o'zgarishi yangi muvozanatni yoki yangi bozor bahosini o'rnatilishiga olib keladi.
Investitsiya jarayoni — pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bo'sh mablag'larga ega bo‘lganlar)ni pul talab qilayotganlar (ularga ehtiyoj sezayotganlar) bilan uchrashtirish mexanizmidir. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko'chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar.
Moliyaviy institutlar — masalan, banklar va ssuda omonat assotsiatsiyalari, odatda, omonatlami qabul qiladilar va keyin pulni kreditga beradilar yoki boshqa pul bilan mablag'larni investitsiya- laydilar.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchpn alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |