qilish faqat agar trassant (veksel beruvqhi) trassat (to'lovchi)da o'z ixtiyorida trassirovka qilinayotgan veksel summasidan kam bo'lmagan qimmatlikka ega bo'lgan vaziyatda mumkin bo'ladi. Oddiy vekseldan farqli o'laroq, o'tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:
veksel beruvchi (trassant);
veksel bilan birga u bo'yicha to'lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki xaridor (yoki veksel egasi);
to'lovchi (trassat), unga veksel egasi to'lovni amalga oshi- rishni taklif etadi (vekselda bu «to*lang» degan so'z bilan ifoda- lanadi).
Bu yerda trassantning majburiyati shartli ravishda belgilanadi. U, bordi-yu to'lovchi (trassat) veksel summasini to'lamasa, ushbu summani to'lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, oddiy vekselda to'lovchi vekselni beruvchi bo'lsa, o'tkazma vekselda trassat, deb nomlanuvchi alohida shaxs to'lovchi hisoblanadi. Uning nomi matnda majburiylar safiga kiritilishi tasodif emas, chunki u veksel (aksept)ni qabul qilganidan so'ng oddiy vekselda veksel beruvchi holatini egallaydi. O'tkazma vekselning mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, u bo'yicha majburiyat trassat (to'lovchi) uchun faqat u veksel (aksept)ni qabul qilgan yildan boshlab paydo bo'ladi. Aks holda trassat veksel beruvchi uchun mutlaqo begona shaxs bo'lib qoladi. Bundan kelib chiqib, veksel bo'yicha pullarni oluvchilar oldindan, to'lov muddati kelgunga qadar to'lovchining vekselni to'lashga bo'lgan munosabatini aniqlashi mumkin. Bu maqsadga vekselni trassatga uni akseptlash, demak, o'z zimmasiga to'lovni amalga oshirish majburiyatini olish taklifi bilan taqdim etish yo'li orqali erishiladi. Shu bilan birga, vekselni akseptga taqdim etish veksel egasi trassat va trassantning qodirligiga ishongan hollar uchun majburiy hisoblanmaydi. Veksel akseptga istalgan yilda, veksel berilgan kundan boshlab, to to'lov muddati boshlanadigan yilgacha taqdim etilishi mumkin. Veksel hatto to'lov muddatidan keyin