Oddiy vekselda boshdan boshlab ikki shaxs qatnashadi*, veksel beruvchi, uning o‘zi unga berilgan veksel bo'yicha to'lash majbu- riyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri va so'zsiz oladi hamda dastlabki sotib oluvchi (veksel egasi), u veksel bo'yicha to'lovni olish huquqiga ega. Oddiy vekselning boshqa qarz majburiyatlaridan farqi quyi- dagilardan iborat: veksel o'tkazma yozuv bo'yicha qo'ldan qo'lga o'tkazilishi mumkin;
veksel belgilangan muddatda to'lanmagan hollarda notarial noroziligini qo'zg'atish zarur;
veksel mavhum pul hujjati hisoblanadi va shu sababli zakalat, garov yoki jarima bilan ta’minlanadi.
O'tkazma vekselning oddiy vekseldan asosiy farqi shundan iboratki, u qimmatliklami bir shaxs ixtiyoridan boshqa shaxs ixtiyoriga o'tkazish uchun mo'ljallangan. O'tkazma vekselning majburiy rekvizitlari: Qimmatli qog'ozning nomi.
Muayyan summani to'lash haqida oddiy va hech narsa bilan shartlanmagan taklif.
To'lovchining nomi.
To'lov muddati.
To'lov joyi.
To'lov kimga yoki kimning buyrug'i bilan bajarilishi lozim.