Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabattarining asosiy quroli bo'lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo'lishadi. Korxonalar obligatsiyalari sanoat korxonalarini kreditlash jarayonlarida, ya’ni banklar berilgan kreditlarga qarshi ulardan yanada mayda summalarga bo'lingan qarz majburiyatlari (obligatsiyalar)ni olgan yillarda paydo bo'ldi. Sanoat obligatsiyalari o'rniga beriladigan bunday kredit ko'pincha bank kreditining boshqa turlariga qaraganda arzonroq bo'lgan. Sanoat obligatsiyalari bo'yicha, odatda, ancha yuqori foizlar to'lanar edi. Chunki obligatsiyalar bo'yicha foiz to'lovlarini korxonaning soliqqa tortiladigan foydasidan chiqarib tashlash mumkin bo'lib, aksiyalar bo'yicha dividendlar esa, soliqqa tortilar edi. Moliyalash vositasi sifatida obligatsiyalar o'zlarining ustun tomonlari bilan bir qatorda, kamchiliklariga ham ega. Sanoat obligatsiyalari bo'yicha qat’iy foiz kompaniya uchun doimiy xarajatlaming o'sishini anglatadi. Tanglikka uchragan davrlarda bunday xarajatlar dividendlardan farqli ravishda, emitent uchun juda sezilarlidir, chunki dividendlar kompaniyaning daromadlariga qarab, ancha past darajada belgilanishi yoki umuman to'lanmasligi ham mumkin. Belgilangan daromadga ega bo'lgan korxonalar obligatsiya- larining jozibadorligi shunda namoyon bo'ladiki, ular aksiya- lardan farqli o'laroq, o'z nominal qiymatidan past bo'lgan kursda sotilishi mumkin, masalan, 1000 so'm o'rniga 970 so'mga. Narxning bunday arzonlashiivi dizajio deb nomlanadi. Shu- ningdek, obligatsiyalami so'ndirish nominal bo'yicha emas, balki ancha yuqori bo'lgan bozor narxida o'tkazilishi to'g'risida kelishuvga erishish ham mumkin, masalan, 1000 so'm o'rniga 1025 so'mdan. Ustama haqi yoki ajio obligatsiyalaming tegishli muddatida (foizli to'lovlar bilan bir qatorda) qo'shimcha daro- madni o'zida namoyon qiladi.