Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə31/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179
3-176 Moliya bozori

44




Davlat obligatsiyalari monopolistik kapitalizmgacha bo'lgan davrda paydo bo'ldi. Obligatsiyalar o'zida kredit munosabatlarini aks ettiradi, bunda davlat qarzdor, aholi yoki korxona va tashkilotlar kreditor sifatida ishtirok etadi (davlat krediti). Bugungi kunda davlat obligatsiyalari obligatsiyalarning eng keng tarqalgan turidir. Davlat obligatsiyalari emissiyasini hukumat, aksariyat hollarda, davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadida amalga oshiradi. Bevosita davlat obligatsiyalari operatsiyalari bilan kredit muassasalari shug'ullanadi. Foizlami to'lash manbasi — davlat xazinasiga korxo- nalardan soliq ko'rinishida kelib tushadigan, amalga oshirilgan qo'shimcha qiymatdir.
Davlat obligatsiyalari, odatda, mamlakatning mol-mulki, boyligi bilan kafolatlangan va shuning uchun ham investitsiya aktivlarining eng ishonchli turi hisoblanadi. Davlat obligatsiyalari bo'yicha olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi. Shuning uchun ular bo'yicha foiz stavkalari korporatsiyalaming eng birinchi darajali obligatsiyalari bo'yicha to'lanadigan foiz stavkalariga qaraganda past. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jami davlat qarzining katta qismini aynan turli yilrlarda chiqarilgan obligatsiyalar tashkil etadi.
Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda kapitalistik davlat к redli­ning mavjudligi tegishli mamlakatlar hukumatlari tomonidan o'zining harbiy va boshqa noishlab chiqarish xarajatlarini qoplash zarurati bilan bog'liq, deb ko'rsatilar edi. Bunday hollarga dcyarli hamma vaqt bir xil salbiy baho berilar edi. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida aytilgan xarajatlar har qanday davlat budjetining majburiy unsuri hisoblanadi.
Davlat qimmatli qog'ozlari bozorini tashkil qilish va uning rivojlanishi o'zining salbiy holatlari bilan birga, deyarli hamma vaqt iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun kreditdan davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning manbasi sifatida foyda- lanish va bu bilan xo'jalikni moliyalashtirishning resurs salohiyatini kengaytirish imkonini berdi.
Davlat qimmatli qog'ozlari bilan turli operatsiyalar qilish, masalan, ulami kredit tizimi ishtirokida ochiq bozorda sotib olish yoki sotish yordamida ko*pchilik zamonaviy kapitalistik davlatlar



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin