42
iKumulatiw aksiyalar. Ulami chiqarish shartlarida, odatda, ushbu aksiyalar bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan, lekin to'lan- magan dividendlaming jamg'arib borilishi va emitentning moliyaviy ahvoli yaxshilanib, dividendlami to‘lash imkoniyati paydo bo'lgan yilda to'lanishi nazarda tutiladi.
Plural — ko'p ovozli aksiyalar. Mazkur qimmatli qog'ozlar fashistlar Germaniyasida keng qo'llanildi. Ular millatchi «hukmron doira»ga keng huquqlar va aniq tarzda amalga oshirilgan investi- tsiyalardan qat’i nazar, sanoatning yetakchi tarmoqlarini o'z nazo- rati ostida ushlab turish imkoniyatini berardi.
«Retrektiv» aksiyalar — bu o'z egasiga ulami so'ndirish uchun kompaniyaga taqdim etish huquqini beruvchi aksiyalardir. So'ndirish shartlari, muddatlari to'g'risida bunday qimmatli qog'ozlaming birlamchi emissiyasi yilida kelishib olinadi.
«Ayirboshlanadigan» aksiyalar. Ulami oldindan kelishilgan narxlar bo'yicha muayyan bir oraliqda boshqa aksiyalarga (odatda, oddiy aksiyalarga) almashtirish mumkin.
*Kursi o'zgarib turuvchi aksiyalar». Ushbu aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari foizning o'zgarishi darajasiga qarab o'zgarib turadi. Agar foiz o'ssa, aksiyalar bo'yicha to'lovlar ham o'sadi va aksincha.
«Orderli aksiyalar» - ular o'z egalariga oddiy aksiyalaming ma’lum bir miqdorini xarid qilish va bu bilan butun nashming likvidligini oshirish huquqini beradi.
O'zbekiston qonunchiligida aksiyalaming har xil turlari — oddiy va imtiyozli, egasining nomi yozilgan va «ko'rsatuvchi egalik qiladigan», shuningdek, kumulativ aksiyalaming ta’rifini uch- ratish mumkin. Biroq mazkur bobda qayd etilgan aksiyalaming boshqa turlari amalda bo'lish huquqiga ega emasligini anglatmaydi. Ulami chiqarish, muomalada bo'lishi va so'ndirish shartlari, shuningdek, alohida o'ziga xos xususiyatlari aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishida uning ta^sis hujjatlarida ko'rsatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |