O'zbekiston hududida chiqariladigan aksiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: /. Ochiq aksiyadorlik Jamiyatlarining aksiyalari, ular ochiq- chasiga muomalaga chiqariladi va keyinchalik boshqa aksiyadorlaming roziligisiz qo'ldan qo'lga o'tishi mumkin, shuningdek, yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari, bular birlamchi joylashtirilishda oldindan ajratib olingan sarmoyadorlar o'rtasida taqsimlanadi va faqat kompaniya umumiy yig'ilishining roziligi bilan qo'ldan qo'lga o'tishi mumkin. Egasining nomi yozilgan va ko'rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalar. Egasining nomi yozilgan aksiyalarda ular egasining familiyasi majburiy tarzda ko'rsatilishi shart, agar ularning egasi yuridik shaxs bo'lsa, tashkilotning nomi ko'rsatiladi. Ko'rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalarda ular egasining nomi ko'rsatilmaydi. Bu ushbu aksiyalaming fond bozorida muomalada bo'lishi xususiyati bilan izohlanadi.
Aksiyadorlik jamiyati bir yilning o'zida ham egasining nomi yozilgan, ham ko'rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalarni chiqarishi mumkin. O'zbekistonda ko'pchilik aksiyalar egasining nomi yozilgan shaklda chiqariladi. Oddly va imtiyozli. Oddiy aksiya aksiyadorlar yig'ilishida ovoz berish huquqini beradi, u bo'yicha olinadigan dividend miqdori
40
esa, aksiyadorlik jamiyatining yil davomidagi ishining natrjalariga bog'liq va boshqa hech narsa bilan kafolatlanmagan. Bunday aksiyalarning egalari boshqa qimmatli qog'ozlarning egalariga qaraganda katta tavakkalchilik qilajakligi bois, ular bo'yicha ko'zda tutiladigan dividendlarjuda yuqori darajada bo'ladi. Imtiyozli aksiya aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqini va bu bilan korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ulaming imtiyozliligi, bir tomondan, jamiyat xo'jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, kafolatlangan daro- madni olish imkoniyatidan, ikkinchi tomondan esa, aksiyadorlik jamiyati tugatilgan yilda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqidan iborat. Imtiyozli aksiyalarning umumiy nominal qiymati kompaniya ustav sarmoyasining 20 foizidan oshmasligi kerak. Aksiya blanklarining majburiy rekvizitlari: Aksiyadorlik jamiyatining nomi va manzili.
Qimmatli qog'ozning nomi — aksiya.
Seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi.
Turi (oddiy yoki imtiyozli).
Nominal qiymati.
Egasining nomi (egasining nomi yoziladigan aksiyalar uchun).
Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar chiqarilgan kundagi ustav fondining miqdori.
Chiqarilayotgan aksiyalar soni.
Dividendlami to'lash muddati.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgal- terining imzolari.
Ro'yxatga olish idorasi tomonidan berilgan aksiya kodi va sana.
Aksiyadorlik ishining ikki asrdan ortiq tarixi aksiyalar turlarining juda keng to'plamini ishlab chiqdi. Quyida aksiyalarning bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tez-tez uchrab turadigan asosiy turlarini sanab o'tamiz. Fond biijasida muomalada bo'lish xususiyatiga ko'ra, «ro'yxatga olingan» va «ro'yxatga olinmagan» aksiyalar mavjud. Dastlabkilari —