Moliya bozori


Qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə30/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179
3-176 Moliya bozori

43


    1. Qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar

      1. Obligatsiyalar mohiyati va turiari

Obligatsiya (lotin. obligatio so'zidan, majburiyat) — obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiy- matidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz.
Soddaroq qilib aytganda, bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog'ozning nominal qiymatini unda ko'rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to'langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi.
Obligatsiya — bu bir shaxsning (sarmoyador — kreditoming) boshqa bir shaxsga (emitent — qarzdorga) mablag'lami vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so'ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilgan yilda ulaming egalari qimmatli qog'ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo'ladi.
Emitentning xususiyatiga ko'ra, obligatsiyalar quyidagi uch katta guruhga bo'linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obliga­tsiyalar, korxonalar obligatsiyalari.

      1. Davlat obligatsiyalari

Davlat qimmatli qog‘ozlari — O'zbekiston Respublikasining g'azna majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obliga­tsiyalari.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin