IFODALOVCHI QIMMATLI QOG'OZLAR
Ulush munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar Aksiyalarning mohiyati
Aksiya (fran. action so'zidan olingan) — o*z egasining aksiya- dorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatil- ganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz. Aksiya o‘zining faqat unga tegishli sifatlari bilan har xil turdagi qimmatli qog'ozlar ichida alohida o‘rin tutadi. Eng awalo bu - amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘oz bo‘lib, u uni chiqargan aksiyadorlik jamiyati amal qilib turgan yil mobaynida muomalada bo'lishi mumkin. Aksiya egasi aksiyadorlik jamiyati tugatilgan hollarda uning mol-mulkini taqsimlashda ishtirok etish huquqiga ega. Aksiyalar bo'yicha olingan daromad dividend deb nomlanadi. Dividend, odatda, aksiyadorlik jamiyatining foydasiga bog'liq bo'ladi. Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko'ra katta foydaga ega bo'lsa, unda katta dividend to‘lash imkoniyati bo'ladi va aksincha. Agarda foyda mutlaqo bo'lmasa, dividend to'lanmasligi mumkin. Biroq, umumiy qoidalardan istisno hollar ham mavjud. Bu, masalan, imtiyozli aksiyalarga tegishli. Odatda, kredit quroli bo'lgan va kredit munosabatlarini o‘zida aks ettirgan boshqa qimmatli qog‘ozlar turlari (obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellarjdan farqli o'laroq, aksiya mulkiy munosabatlami tartibga soluvchi vositadir. Uning egasi kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig'ilishida u yoki bu