6-chizma. Emissiyalanadigan va emissiyalanmaydigan qimmatli qog'ozlar
tarkibi (klass va chiqarilish usuli bo'yicha guruhlashtirish).
Qimmatli qog'ozlami chiqarishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi: 1. Aksiya (oddiy va imtiyozli) chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan aksiyadorlik kompaniyasini tuzish. 2. Obligatsiya chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan moliyalash- tirishni kengaytirish. 3. Qo'shimcha investitsiyajalb qilishda kompaniyada hukmronlikni saqlab qolish uchun imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish. Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi maqsadlarda chiqariladi: • joriy budjet kamomadi (defitsiti)ni moliyalashtirish; • awal joylashtirilgan qarzlami so'ndirish; • davlat budjeti kassasining bajarilishini ta’minlash; • soliq to'lovlarining notekis tushumini tekislash; • tijorat banklarini likvid zaxira aktivlar bilan ta’minlash;