1 0‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-modda. *
29
lenti) sifatida namoyon bo'ladi. Fond ke'rinishidagi (fond bozori) tovarliligi xossasi esa uni boshqa turdagi tovarlardan (ko'chmas va intellektual mulk, xomashyo va shu kabilar) farqli kimningdir (emitent, ya’ni muomalaga chiqaruvchi, bo'lmish iqtisodiyot subyektlari) tomonidan chiqarilishi, o'ziga xos qimmatli qog'ozlar bozorida muomalada bo'lishi, unda maxsus funksiyalami va rolni bajarishi bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog'ozlaming roli va funksiyalari moliyaviy instrumentlar singari aniqlanadi (2.1-pa- ragrafga qaralsin). Bozor xossasi qimmatli qog‘ozni pulga yaqinlashtiradi, chunki u ma’lum sharoitlarda pulning funksiyasini bajara oladi, to'lov vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozning fundamental xossalari aylanuvchanligi, likvidliligi, jalbdorliligi, tavakkalchiligi va shu kabi boshqa ko'rsatkichlar bilan belgilanadi. Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar xossalarini yuqori sifat darajasi fond bozorining samarali holatini belgilaydi. Ta’kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilangan qimmatli qog‘ozning ta’rifini mazmunan yuqorida keltirilgan talqinda tushunish maqsadga muvofiq. Ushbu Qonunga muvofiq «Qimmatli qog‘ozlar — ularni chiqargan shaxs bilan ulaming egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi dividend yoki foizlar ko'rinishida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi hujjatlardir». Ko'rinib turibdiki, bu ta’rifda ekvivalentlilik xossasi inobatga olinmagan. Real bazisga ekvivalent bo'lgan qimmatli qog'ozlar yordamida fond bozori orqali samarali investitsion va transfer (to'lov) jara- yonlari, iqtisodiyot subyektlarining maqsadli va tartiblashtirilgan iqtisodiy-huquqiy bozor munosabatlari amalga oshiriladi. Bunda qimmatli qog'oz alohida tovar va moliyaviy instrument sifatida o'zida mujassamlashtirgan real kapitalning (yoki egalik huquqining) ham ekvivalenti, ham turli shakl va mazmundagi «simvoli» bo'lib namoyon bo'ladi. Mos ravishda u o'zining alohida qimmatli qog'ozlar bozorida maxsus tovar sifatida erkin muomalada bo'lib, bir vaqtning o'zida parallel tarzda real bazisini o'ziga xos bozoridagi dolzarbliligi va bozorgirliligini belgilaydi. O'z navbatida, aksincha, real bazis ham o'zi mujassamlashgan qimmatli qog'ozning tovar sifatida fond bozoridagi (erkin muo-