TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Bozor; bozor ishtirokchilari; bozor infrastrukturasi; moliya bozori; bozor segmentlari; moliya bozori infratuzilmasi; bozor omillari; moliyaviy munosa- batlar; bozor sig'imi; bozor potensiali; birlamchi bozor; ikkilamchi bozor; bozor muhiti; valuta bozori; qimmatli qog'ozlar bozori; pul bozori; budjet- soliq siyosati; pul-kredit siyosati.
Moliya bozorida resurslar harakati qaysi omillarga bog'liq?
Moliya bozorining imkoniyatlari nima?
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati qaysi vazifalar bilan belgilanadi?
Moliya bozorining modeli, mazmuni nimadan iborat?
Moliya bozori funksiyalari nimadan iborat?
Moliya bozori vazifalari nimadan iborat?
Moliya bozorining qanday rollarini bilasiz?
Moliya bozorining qanday tamoyillarini bilasiz?
Moliya bozorini tasniflash nima uchun zarur?
Moliya bozorini qaysi belgilar bo'yicha tasniflash mumkin?
23
2-bob. MOLIYA BOZORI INSTRUMENTLARI
TASNIFI VA TAVSIFI Moliya bozori instramentlari mazmun-mohiyati
Moliya bozori instrumentlari mazmun-mohiyati ulaming bozori bilan hamohang birlikda ко'rib chiqilishi lozim bo'lgan instru- mentariy (terminologiya) va metodologiya bilan aniqlanadi. Bunda ularning turlari, xossa va xususiyatlari, chiqarilishi va muomalasi jarayonidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar, bajaradigan funk- siyalari ifodalanadi. Moliyaviy instrumentlaming mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim. Instrumentariy — bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to'liq ifodalovchi maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo'lib, bazaviy (tayanch) bo'lgan konseptual (nazariy) tushunchalar maj- muasi sifatida namoyon bo'ladi. Instrumentariyning zamonaviyligi shundan iboratki, uning yordamida moliyaviy instrumentlaming aynan hozirgi vaqtdagi mazmun-mohiyati ifodalanadi. Agar, har qanday moliyaviy instrumentni vaqt o'tishi bilan moliya bozorining zamon talabiga mos ravishda uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qo'shimcha xossaga va funksiyaga ega bo'lishi yoki mazmunan va shaklan o'zgarishi va h.k. obyektiv tabiiyjarayon bo'lsa, unda awalgi davrda tayanch bo'lgan terminologiya ham hozirgi zamonga kelib eskirishi tabiiy holatdir. Shunday qilib, moliyaviy instrumentning zamonaviy tushun- chasini awaldagilariga asoslanib, lekin hozirgi zamon jahon moliya bozorining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflash mumkin:
moliyaviy instrument, bu — moliya tizimi va uning tarkibiy bo'g’inlarida qo'llaniladigan moliyaviy vositalar (dastaklar), jum- ladan, qimmatli qog'ozlar va ulaming hosilalaridir. Ular monetiza-