1 Moliyaviy vositalar bo’yicha sug'urtalash bo'lib, xavf-xatami kamaytirish maqsadida qo'Uaniladi.
18
Bunday kurs qanchalik tez shakllansa, bozorda kapital shunchalik samara bilan joylashtiriladi.
Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo'shimchalarga ajratish mumkin. Asosiy vazifalari uning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay sharoitlami ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o'tilgan). Moliya bozorining qo‘shimcha vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:
siyosiy xuruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va valutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko'rsatish;
investorlarning huquqlarini himoyalash va maqsad-manfaat- larini ta’minlash.
Xalqaro mavqega ega bo'lgan zamonaviy moliya bozori o'zining asosiy roli doirasida (ya’ni, iqtisodiyotning holati «barometri») jahon globallashuvi sharoitida iqtisodiyotda bir-biri bilan bog'liq quyidagi rollami o’ynaydi: «Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish katalizatori» sifatida ilmiy-texnikaviy progress va innovatsiyalami rag'batlantiradi;
«Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi stixiyali jarayonlami regula- tori». Bunday jarayonlar ma’lum indikator (ko‘rsatkich)lar yordamida baholanib, ulaming kritik (chegaraviy) qiymatlarini bilgan holda ma’lum regulativ vositalar yordamida tartiblashtiriladi;
«Aktivlar sekyurizatori» sifatida samarasiz real aktivlarni qimmatli qog'ozlarga transformatsiyalab, ularga yangi hayot bag'ishlaydi va faol investitsion jarayonga qayta kiritadi;
«Ekvivalent ko’zgu» sifatida barcha bozor qatnashchilarining faoliyat natijalari sifatini bevosita va bilvosita aks ettiradi hamda kelajakdagi strategiyalarini maqsadli qurishga ko'maklashadi;
«Moliyaviy globallashtiruvchi* sifatida yuqorida keltirilgan rollar asosida milliy iqtisodiyotlar birlashuvini ta’minlaydi, bozor qatnashchilarining xalqaij) darajada faoliyat chegaralarini va ta’sirini kengaytiradi, davlatning regulativ rolini kamaytiradi (xalqaro regu-