Zamonaviy moliya bozori ko‘p qirraliligi bilan iqtisodiyotda alohida o'ringa ega. Qirralarini idrok etish uchun uni tasniflash katta ahamiyatga ega. Chunki tasniflash u haqdagi tushunchalami o'zaro bog'liqligini, uning xossalari va xususiyatlarini, uni tashkiliy asoslarini, undagi jarayonlar va qonuniyatlami iqtisodiyot bilan bog'liqligini chuqurroq ochib berishga va tushunishga xizmat qiladi. Moliya bozorini quyidagi belgilar asosida tasniflash va tavsiflash mumkin. Tarkibi boyicha:
QMAB - qisqa muddatli (1 yilgacha) monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar (qimmatli qog'ozlardan tashqari) bozori;
UMAB — o‘rta (1—5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq, odatda, 30 yilgacha) muddatli monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar bozori;
UMQB — UMABga mos o‘rta va uzoq muddatli qimmatli qog'ozlaming biijadan tashqari bozori;
BB - qimmatli qog'ozlaming biija bozori.
Ta’kidlash joizki, moliya bozorining QMAB va UMAB qismlarida moliya institutlariga oid pul, valuta, kredit vositalari va sug'urta instrumentlar muomalada bo'ladi. Segmentlari boyicha:
pul-kredit (bank va boshqa kredit, lizing tashkilotlari kapitallari) bozori;
qimmatli qog'ozlar (fond, kapitallar) bozori;
valuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san’at asarlari va h.k.) bozori;
sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instrumentlari.
Muddatliligi boyicha:
qisqa muddatli operatsiyalar bozori (1 yilgacha);
o'rta muddatli operatsiyalar (1 yildan 5 yilgacha);
uzoq muddatli operatsiyalar (5 yildan ortiq, odatda to 30 yilgacha).
Moliyaviy instrumentlaming emitentlari boyicha:
davlatning (Markaziy bank, Moliya vazirligi, g'azna kabilar) moliyaviy instrumentlari bozori;
21
mahalliy hokimiyat organlarining (munitsipalitet, meriya, hokimiyat) moliyaviy instrumentlari; *
korporativ moliyaviy instrumentlar (kompaniyalar, firmalamiki);
moliya institutlarining (banklar, sug'urta va kredit tashkilotlari, investitsiya institutlari, fondlar) moliyaviy instrumentlari;
lotereya o'yinlari instrumentlari (bular moliyaviy instrumentlar bo'lib, qimmatli qog'ozlar hisoblanmaydi).
Tartiblashtirish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish) usuli bo ‘yicha:
tartiblashgan bozor; •
tartiblashmagan (yoki «ko'cha»)’bozor.
Ta’kidlash joizki, ularning har birida ham barcha operatsiyalar qonuniy tarzda reglamentlashtirilgan va me’yorlashtirilgan bo'ladi. Qatnashchilaming manfaatlarini ta’minlanganligi xarakteri bo ‘yicha:
emitentlaming manfaatlariga yo'naltirilgan bozor;
investorlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor;
professional institutlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor.
Moliyaviy instrumentlami yetkazish xarakteri bo “yicha:
spot (kassaviy) bozori, unda xaridor va sotuvchi o'rtasidagi o'zaro hisob-kitob 1—3 kun ichida to'g'ridan to'g'ri (ya’ni, «to'lov asosida yetkazish» tamoyili asosida) amalga oshiriladi;
muddatli bozor, unda hisob-kitob operatsiyasi shartnomada (odatda, derivativlarning parametrlari bo'yicha) belgilangan muddatda bajariladi.
Masshtabi bo'yicha:
milliy bozor (mamlakat ichida faoliyat ko'rsativchi);
regional (hududiy, territorial) bozor (masalan, yevrobozor, YevrAzES bozori);
moliyaviy globallashgan jahon (xalqaro) bozori.
Tovar xususiyati bo “yicha:
pul va pul asosli instrumentlar (valutalar, SDR, ssuda, kredit, bank kartochkalari, lotereyalar va h.k.) bozori;
sug'urta instrumentlari (polislar) bozori;
bazaviy qimmatli qog'ozlar (aksiya va obligatsiyalar, sertifi- katlar va h.k.), ya’ni ulush va qarz munosabatlariga asoslangan qog'ozlar bozori;
funksional tuzilmasi, bozorni (segmentlari, turlarini) o‘z funksiyalarini bajarishi;
institutional (operatsion) tuzilmasi, bozor qatnashchilari- ning faoliyat turlarini amalga oshirishi.
Moliya bozorining eng katta segment! bo'lgan qimmatli qog'ozlar bozoridir.
Ta’kidlash joizki, ushbu tasnif shartlidir, nihoyasiga yetmagan, chunki moliya bozorining uzluksiz rivojlanishi munosabati bilan bu tasnif to'ldiriladi va takomillashtiriladi.