lativ tashkilotlar evaziga), resurslar cxfimini geografik kengaytirib tezlashtiradi va samaradorligini oshiradi. Ta’kidlash joizki, keltirilgan rollar faqat ochiq bozor iqtiso- diyoti sharoitida, o‘ta rivojlangan biznes va xususiy mulkchilik tizimida to'liq bajarilishi mumkin. Bunday sharoit va tizimga ega bo'lmagan mamlakatlaming bozori yuqori darajada rivojlangan davlatlar bozoriga qaram bo'ladilar1. Moliya bozori, jumladan, qimmatli qog'ozlar bozori, faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
barcha potensial investorlar o‘z mablag'larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
birja va biijadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitent- larning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot oshkor etilishining shartligi; -
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) va ularning emitentlariga doir axborotning to‘la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
investorlar va emitentlaming manfaatlarini himoya qilish;
bozorda tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Moliya va qimmatli qog'ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond biijalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg'unlash- tirish asosida ta’minlanadi.
1Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Запале и терпит поражение во всем остальном мире. Пер. с англ. М., «Олимп-Бизнес», 2001, стр. Т12.