narx-navo funksiyasi, ya’ni bozor narxlarining shakllanishi va ta’siri jarayonini, ulaming bozor konyunkturasiga bog'liq tarzda uzluksiz harakati (o‘zgarishi)ni ta’minlaydi;
informatsion funksiyasi, ya’ni bozor o*z qatnashchilariga savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborotni shakllantiradi va havola qiladi;
tartiblashtirish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish) funksiyasi, ya’ni bozor o’zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnash- chilar o’rtasidagi nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo'nalishlarni aniqlaydi, nazorat organlarini belgilaydi va h.k.
Moliya bozorining maxsus funksiyalariga quyidagilami kiritish mumkin:
moliyaviy resurslami taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Uni, o‘z navbatida, to’rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
moliyaviy resurslami tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari (sferalari) o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash;
jamg'armalami, ayniqsa, aholi jamg'armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o’tkazish (transforma- tsiyalash);
narx va moliyaviy xavf-xatarlaming oldini olish funksiyasini yoki hosilaviy qimmatli qog’ozlami (fucherslar, opsionlar, svop, forvard va h.k.) paydo bo’lishi evaziga xedjirlash1.
Moliyaviy globallashtirish funksiyasi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
moliyaviy resurslami umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
milliy moliya bozorlarini o’zaro integratsiyalashuvi (uyg'un- lashuvi);
moliya bozorlarini intematsionallashuvi;
jahon global lash uvi jarayonlari (barcha yo’nalishlarda) rivojini katalizatori va h.k.
Moliya bozorining asosiy funksiyalaridan biri — moliyaviy instrumentlaming obyektiv bozor kursi (narxi)ni shakllantirishdir.