Moll ya bozorida resurslar harakati qyyidagi omillarga bog'liq:
bozoming daromadlilik darajasi;
bozomi soliqqa tortish shart-sharoitlari;
kapitalni yo'qotish yoki nazarda tutilgan foydani olohnaslik xavf-xatari;
bozomi samarali institutsional va funktsional tashkillashgani;
bozomi samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
moliyaviy instrumentlaming real bazis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;
makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
tashqi kuchlar va hodisalaming bozorga ta’siri va boshqalar.
Moliya bozorining xossalari quyidagilardan kelib chiqadi:
moliyaviy instrumentlar va ular bo'yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlami ta’minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzil- maga (institutsional va funksional tuzilmaga) va faoliyat mexaniz- miga ega dinamik tizim;
ochiqlik, teng imkoniyat, erkin raqobat, obyektiv bozor bahosi, tavakkalchilik, omillar va voqeliklar (jarayonlar)ni o'lcham- liligi (tahlil qilinishi, baholanishi va prognozlanishi mumkinligi):
moliyaviy instrumentlaming monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan ta’minlanganligi, standartlashganligi va unifikatsiyalan- ganligi;
bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (informatsion shaffofligi);
moliyaviy instrumentlaming optimal hajmi va baholarini obyektiv talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;
moliyaviy instrumentlaming erkin muomalasi industriyasi uchun bozor infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi;
bozor qatnashchilarining biznes quwati potensiali (sifat parametrlari darajasi miqdori bo'yicha);
bozomi tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi darajasi bo'yicha).
Moliya bozorining muhim xossalariga quyidagilar kiradi: bozor geografiyasi kengligi va chegaralari, bozoming tashkiliy modeli parametrlari, bozomi raqobatbardoshliligi va xavfsizligi darajasi, bozoming tavakkalchilik darajasi, bozoming jalbdorliligi, bozoming egiluvchan moslashuvchanligi darajasi, bozomi iqtisodiyotga ekvivalentlilik darajasi, bozoming funksiyalarini bajarishi darajasi, bozomi omillarga ta’sirchanligi darajasi. Sanab o'tilgan xossalar
12
moliya bozori muhitining quwat potensialini belgilaydi va rivojini shakllantiradi. Ya’ni, moliya bozori muhitining quwat potensiali darajasi — bosh (integral) xossa sifatida — moliya bozorining sanab o‘tilgan xossalari darajasi miqdori bilan belgilanadi va baholanadi. Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliya bozorining mazmuni va xususiyatlarini ifodalaydi.