tovarlar muomalasi uchun ularga xos bo'lgan bozor zarur, qim- matli qog'ozlar uchun esa faqat fond bozori, pul (valuta) va kredit- lar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo'lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotdi bo'ladi, qimmatli qog'ozlar esa cheklanmagan marta oldi-sotdi bo'lishi mumkin. Umuman olganda, tovar kimningdir tomonidan ishlab chiqariladi, moliya- viy instrument (jumladan, qimmatli qog'oz) esa muomalaga chiqariladi. Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo asosiy va alohida qismidir. Lekin moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman, iqtisodiyotning obyektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi. Moliya bozori o'z ichiga quyidagi segmentlarni (xususiy bozorlarni) oladi:
pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;
qimmatli qog'ozlar (fond, kapitallar) bozori;
valuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san’at asarlari va h.k.) bozori;
sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instnimentlari.
Moliya bozori iqtisodiyotda quyidagilar mavjud bo'lgandagina samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin:
effektiv (samarali) mulkchilik tizimi1;
investitsiya uchun mo'ljallangan yetarli jamg'armalar (moliyaviy resurslar, mablag'lar) va iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan moliyaviy instrumentlar;
talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm surishi;
moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, xavf- xatarlami bashoratliligi.
Moliya bozorida moliyaviy resurslar jamg'armachilardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qiladi. Bunda jamg'armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
1Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном мире. Пер. с англ. М., «Олимп-Бизнес», 2001, стр. 272.