l-chiyna. Bozoming tarkibiy tuzilishi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori iste’molchilar bozori bo'lib, aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlaming oldi- sotdisini bildiradi. Iste’mol bozorida aholi o‘z iste’moli uchun tovarlar va tovar sifatidagi pulli xizmatlarini xarid qiladi.
Ishlab-chiqarish resurslari (vositalari) bozori ishlab chiqarishni yuritish uchun zarur bo'lgan va tovarga aylangan mehnat vositalari, ashyo materiallarinig to'g'ridan to'g'ri yoki vositachilar orqali oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozorda mashina, uskuna, asboblar, bino, yer, xomashyo, yoqilg'i va materiallar oldi-sotdisi qilinadi.
Mehnat bozori — ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Ish kuchi insonni mehnat qilish qobiliyati sifati tovarga aylanadi, oldi-sotdi orqali ishlab chiqarishni asosiy omili bo'la oladi. Potensial mehnat qobiliyati bozordan o'tib, real amalda ishla- yotgan mehnat qobiliyatiga aylanadi.
6
Intellektual tovarlar bozori bozomi maxsus turi bo'lib, aqliy mehnat mahsuli bo'lmish tovarlar va xizmatlaming ayirboshla- nishini bildiradi. U sivilizatsiyalashgan bozo г iqtisodiyotida keng rivojlangan bo'lib, unda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g'oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at asarlari, xilma-xil axborotlami oldi-sotdi qilish yuzasidan munosabatda bo'ladilar. Mazkur bozor ham kichik qismlardan iboratki, ular ilmiy-texnik ishlanmalar bozori; kino bozori; tasviriy san’at bozori; musiqa bozori; antikvar buyumlar bozoridan tashkil topadi. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlamalar oldi- sotdisi katta o'rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va «nou-xau» sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanishi sharti bilan yoki o'zida aylanish sharti bilan sotiladi.
Intellektual bozorda ko'pincha innovatsiya firmalari ish yuritadilar. Ular yangilikni topish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan xizmat ko'rsatadilar. Bu ishda injiniring va konsalting firmalari ham qatnashadi.
Shou-biznes bozori intellektual tovar bozorining eng yirik turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar ko'rsatish yo'li bilan daromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsus firmalar, madaniy-musiqaviy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug'ullanadi.
Moliya bozori — bu bozor moliya resurslari, ya’ni pul va pulga tenglashtirilgan qog'ozlar bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya tizimini ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi qilinadi, pul mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta’minlanadi.
Moliya bozorida firmalar, moliya muassasaiari, davlat va aholi qatnashadi.
Moliya bozori keng ma’noda pul bozori, kapital bozori, investi- tsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va boshqalami birlashtiradi1.
Pul bozori qisqa muddatli kredit bozori, kapital bozori esa uzoq muddatli kredit bozori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda puldorlar, banklar (vositachilar) va pulga muhtojlar qatnashadilar, sotilgan pul narxi esa foizni tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, xazina majburiyatlari, sertifikatlar oldi-
Dostları ilə paylaş: |