1 ДМ. Михайлов. Мировой финансовый рынок тенденции и инструменты. М., «Экзамен», 2000, стр.124.
7
sotdi qilinadi. Bu bozor fond bozori deb yuritiladi. Qimmatli qog'ozlaming dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o'tkaziladi, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar obuna shaklida yoki ro'yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Warning qayta sotilishi ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, uni fond birjasi deb yuritiladi.
Pul va qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim yo'llaridan biridir. Bu bozor davlat xarajatlarini kreditlash va budjet taqchilligini qoplashning manbayi sifatida katta ahamiyatga egadir.
Moliya bozori orqali vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslar harakatga keltiriladi.
Moliya bozori kapitalini demokratiyalashtiradi, oz miqdordagi moliyaviy resunslami to'plab yirik kapitalga aylantiradi, ko'pchilikni foyda topishdan bahramand etadi.
Bozorda kapital egalari vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslaridan daromad olishni xohlasa, bozoming boshqa qatnash- chilari esa, joriy iste’molga yoki tovarlarva xizmatlar ishlab chiqa- rishga, qurilishga yoki savdoga investitsiya qilishga ehtiyoj sezishadi.
Aholining jamg'armalari — vaqtinchalik bo'sh moliya resurs- larini taklif qilishdir. Kredit investitsiyalari vaqtinchalik bo'sh moliya resurslariga talabgor. Oxir-oqibatda kredit resurslarining talab va taklifi moliya resurslarining oldi-sotdi jarayoni yuz beradigan o'ziga xos moliya bozorlarining paydo bo'lishini belgilaydi.
Moliya bozori va ularga faoliyat ko'rsatadigan muassasalari manilakatning moliya tizimini tashkil qiladi.
Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarurat bo'lgan ko'pgina muhim vazifalarni bajaradi:
/. Jamg‘arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog'ozlar — depozit sertifikatlar, obligatsiyalar shaklidagi pul jamg'armalarining xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va uy xo'jaliklarining «vaqtinchalik harakatsiz pullari»ning xarid qobiliyatini saqlash va ko'paytirish majburiyatini oladi.
Kreditlash vazifasi. Bu — moliya tizimining faol vazifasidir. U birinchi vazifa bilan chambarchas bog'lanib ketgan, chunki moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish salohiyatini mamlakat iqtisodiyotida jamg'arilayotgan moliya mablag'lari hajmiga bevosita bog'liqdir.
To ‘lovlarga xizmat ко ‘rsatish vazifasi. Har qanday iqtisodiyotda tovar, njoliya operatsiyalari bilan bog'liq bo'lgan to'lovlar doimo
8
va katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar) o‘z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi, xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to'laydi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami to'laydi va h.k. Bu hisob-kitoblaming barcha turli-tuman vositalari, jumladan, to'lov topshiriqnomalari, talabnomalar, akkreditivlar, cheklar, veksellar, kredit kartochka- lari va h.k. yordamida bajariladi.
Iqtisodiy siyosat vazifasi. Markaziy bank va hukumat moliya tizimini pul-kredit va fiskal dastaklariga ta’sir ko'rsatib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo'nalishida o'tkazadi.
Inson biror ko'zlagan maqsadiga yetishish uchun pulga muhtoj bo'lib, zarur mablag'lami topish uchun bozorga chiqadi. Uning muammosini hal qilishning qanday yo'llari bor? Birinchi yo'li: u mehnat bozoriga chiqib, muayyan bilim shartlariga muvofiq ish beruvchiga o‘z kuchini taklif qilishi mumkin. Bu holda ish beruvchi yollagan ishchiga bo'nak (avans) to'lash va keyin bitimda ko'rsatilgan muddat mobaynida unga ish haqi to'lab turishi mumkin. Ikkinchi yo‘I: turar-joy bozorlariga borib, o'z turar-joyini vaqtinchalik ijaraga oluvchi yoki ijarachilarga taklif qilib, kvartira haqi shaklida mablag' olishi mumkin.
Agar odamni resurslari bozorida pul mablag'lari topishning bu ikki yo'li qanoatlantirmasa, u ro'zg'ordagi biror buyumni yoki o'zi yasagan buyumni tovarlar bozorida sotishi mumkin.
Nihoyat, kishi o'z tanishlari, do'stlari yoki bankdan qarz (kredit) olishi mumkin. Odatda, kredit shartida pul olish ssudaning qayta- rilishini ta’minlaydigan biror aktivni taqdim qilishni talab qiladi. Ular ko'pincha garov tarzida ko'chmas mulk yoki qimmatli qog'oz kafolatidan iborat bo'ladi.
Iqtisodiy faoliyatda pul qarz olish juda keng tarqalgan va qarz oluvchilar sifatida bozoming turli-tuman mayda hamda yirik qat- nashchilar - aholi, xususiy firmalar, korporatsiyalar va h.k.lar ishtirok etadi. «Moliya bozori» atamasi juda keng tushuncha yoki bu moliya kredit mexanizmining amal qilish sohasidir. U haqiqatan ham, keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayyan moliya muassasalari orqali o'zaro ta’sirda bo'ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o'rtasidagi munosa- batni tasvirlaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o'ziga xos «asab markazi» hisoblanadi. Uning rivojlanishi darajasiga qarab, mamlakat iqtisOdiyotining «ahvoli» haqida fikr yuritish
9
mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sfr ko'rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin.
Hozirgi zamon moliya bozorining asosini ko‘p sonli moliya muassasalari yoki vositachilari tashkil qiladi. Bu sotuvchilami tashkil qiladi. Bu sotuvchilar va xaridorlar, ya’ni sotiladigan, xarid qilinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo’lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish (majburiyatli qarzlar shaklida) yoki butunlay (aksiyaga) berilishi mumkin.
Shu bilan birga, moliya bozoridagi pul mablag'lari jamg'arma- larning egalaridan qarz oluvchilarga boradigan ko'plab turli-tuman yo'llar bilan ta’minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda ular ikki asosiy guruhga ajraladi.
Moliyaning bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan moliya tizimining vazifasi bozor iqtisodiyotidagi transaksiyalarga xizmat ko’rsatish, jamg'armalami jamlash va taqsimlashdir. Bozoming eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini, awalambor, insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘Iishi va u bilan bog'liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshla- shidan shakllanishini ko'rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib, uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson sivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasi boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o‘sib, ulaming haq-huquqlari boigan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidir.
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgila- moqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
Har qanday bozomi u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari xusususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko'rilayotgan bozor turlaridagi tovarlami xususiyati, kelib chiqishi va ulaming bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo'lsak, albatta sezilarli- farq namoyon bo’ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan
Dostları ilə paylaş: |