Moliya bozori


Depozit va jamg'artna sertifikatlari



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə41/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
3-176 Moliya bozori

3.2.5. Depozit va jamg'artna sertifikatlari
Depozit sertifikati (ingl. Certificate of deposite) —
bankka qo'yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlov- chining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlami sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz.
Depozit sertifikatlari o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab, AQSH va Buyuk Britaniyada omonat depozit guvohnomasining bir turi kredit muassasasiga pul qo'yilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida faol taraqqiy etdi. Ushbu hujjat orqali omonat talab qilib olinishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda muddatli muomalada bo'ladigan .depozit sertifikatlarini chiqarish keng


57




tarqaldi, ular omonatchilar tomonidan dilerlarga emas, balki bankka foizlaming yo'qotilishi bilan sotilishi yoki o'tkazma yozuvlar yordamida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga qayta sotilishi mumkin. Bunday sertifikatlar AQSHda yirik summalarga chiqariladi. 100 mingdan 1 mln dollargacha. Sarmoyador sifatida yirik korxonalar, xorijiy omonatchilar, mahalliy hokimiyat idoralari ishtirok etishi mumkin. Sertifikatlar, ayniqsa, ulami soliq to'lashga qabul qilinishi tufayli juda ommabop bo'lib qoldi.
O'zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994-yildan boshlab, sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi:

  • depozit sertifikatlari — yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga;

  • depozit (jamg'arma) sertifikatlari — jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga.

Sertifikatning muomalada bo'lish muddati berilgan sanadan boshlab uning egasi omonatni talab qilib olish huquqini oladigan sanagacha hisoblanadi. Agar sertifikat bo'yicha depozit va omonatni olish muddati kechiktirilsa, u holda bunday sertifikat u bo'yicha talab qilib olinadigan hujjat hisoblanadi, ushbu sertifikat bo'yicha bank uning egasining birinchi talabiga ko'ra zudlik bilan unda ko'rsatilgan summani to'lash majburiyatini oladi.
Bank sertifikatni muddatidan oldin to'lovga taqdim etilishi ehtimolini nazarda tutishi mumkin. Bunday hollarda bank tomonidan oldindan, sertifikatni berish yilida belgilangan sertifikatning unda yozib qo'yilgan qiymati va pasaytirilgan stavka bo'yicha foizlar to'lanadi. Sertifikat egasiga sertifikatning muomalada bo'lish muddati tugashi bilan uning egasiga tegishli bo'lgan dastlab chiqarish va muomalada bo'lish shartlarida belgilangan stavka bo'yicha foizlar emitent bank tomonidan, ushbu sertifikat xarid qilingan yildan qat’i nazar, to'lanishi lozim.
Sertifikatlar bir martalik qilib ham, seriyali, egasining nomi yozilgan va ko'rsatuvchi egalik qiladigan turlarda ham chiqarilishi mumkin.
Sertifikatni chiqaruvchi bank Markaziy bank bilan kelishgan holda- unga boshqa qo'shimcha shartlar va rekvizitlami kiritishi



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin