Hosila qimmatli qog'ozlar naqd h&mda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashri (yoki bir qismi)ni tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro'yxatini o'z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hosila qimmatli qog'ozlar sinflarga va seriyalaiga bo'linishi mumkin. Sinf— bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turidagi hosila qimmatli qog'ozidir. Senya — bu ijro bahosi va amal qilish muddati bir xil bo'lgan bir sinfning hosila qimmatli qog'ozlaridir. Hosila qimmatli qog'oz bazis aktivining sertifikatsiyasi qimmatli qog'ozning turi, xili, toifasi, uning nominal qiymati, bir donasining narxi, miqdori, emitenti, umumiy qiymati haqidagi axborotni va boshqa ayrim ma’lumotlami o‘z ichiga olishi kerak. Hosila qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi muddatini kechiktirishga; bitim rasmiylashtirilayotgan yilda sotuvchining mulki bo'lmagan hosila qimmatli qog'ozlaming sotilishiga, shuningdek, HQQning amal qilish muddati tugayotgan kunda ularning sotilishiga yo'l qo'yilmaydi. Hosilaviy qimmatli qog'ozlaming turlari
Hosila qimmatli qog'ozlar opsionlar, fyucherslar va varrantlar ko'rinishida chiqarilishi mumkin. Opsion (nemis. option so'zidan olingan) — emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarini opsionda ko'rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emis- siyaviy qimmatli qog'oz. Opsionning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog'ozning o'zini xarid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo'ladi. Bunda u o'zining xarid qilish yoki sotish huquqidan foydalanishi yo bo'lmasa, undan voz kechishi mumkin.