«Spekulativ aksiyalar» — bozorda yaqinda paydo bo'lgan aksiyalami chiqaruvchi kompaniyalar (ulami imidji va tarixi yo‘q). «Faol bo'lmagan aksiyalar» — investorlar nuqtayi nazaridan nolikvid va qiziqarli bo'lmagan aksiyalar emitentlari. Yuridik shaxs bo'lgan emitentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizatsiya qilinadi va tugatiladi. Ma’lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar liisoblangan emitentlar o'sha mamlakatda o'matilgan qonunlar doirasida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni (investitsiyalarni) jalb qilish siyosa- tini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo'lishi mumkin. Xalqaro darajadagi emitentlar xalqaro bitishuvlar asosida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslar (investitsiyalar)ni jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning mavqei va turiga qarab, regional va milliy iqtisodiyotga qaratilgan bo'lishi mumkin. Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari mamlakat qonun- lari bilan o'matilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalar doirasida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslar (investitsiyalar)ni jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab, makromoliyaviy, hududiy va tarmoqiy bo'lishi mumkin. Emitentlarga qo'yiladigan asosiy talablar: transparentlilik (infor- matsion shaffoflik), ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik asosida o'z moliyaviy instrumentlarining lik- vidlilik, daromadlilik, tavakkalchililik va bazisiga nisbatan ekviva- lentlilik darajasini ta’minlashdan iborat. Emitentning transparentlilik darajasi (ya’ni, adekvat informa- tsion transparentlilik) uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o'zaro adekvatliligi (to'g'riligi, aniqligi, o'z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgi- lanadi. Bu indikatomi (ya’ni, adekvat informatsion transparentlilikni — A(T)) baholash uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo'llash mumkin: min A(T) = Л1(qonun bilan va moliya bozori tomonidan