Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə68/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   179
3-176 Moliya bozori

93




  1. Emission siyosati bo'yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan) yurituvchi tashkilotlar.

  2. Milliyligi bo'yicha: rezidentlar va norezidentlar.

  3. Emission potensiali bo'yicha: katta, o'rta va kichik hajmda moliyaviy instrumentlami chiqaruvchi tashkilotlar.

  4. Imidji va tavakkalchiligi bo'yicha: yuqori, o'rta va kam nufuzli tashkilotlar.

  5. Moliyaviy instrumcntlarining jalbdorliligi bo'yicha: yuqori, o'rtacha va kam jalbdor emitentlar. Masalan, fond bozorida emitentlar o'zlarining qimmatli qog'ozlari jalbdorliligi bo'yicha quyidagicha tasniflanishi va tavsiflanishi mumkin:

«Zangori fishkalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — bozorda barqaror va yuqori kreditlik imkoniyatiga ega yirik kompaniyalar chiqaradi.
«Ikkinchi eshelon aksiyalari» sarasiga kiruvchi aksiyalar — yosh, lekin yetarlicha yirik kompaniyalar chiqaradi.
«Markaziy» sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — tarmoqda yetakchi o'ringa ega va tarmoqdagi boshqa kompaniyalar aksiyalari bahosiga ta’sir ko'rsatuvchi emitentlar chiqaradi.
«Himoyalanuvchi aksiyalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qo­g'ozlar — yuqori dividendlar to'lovchi va salbiy kotirovka miqdoriga yo'l qo'ymaydigan yirik kompaniyalar.
«Dastur asosi» («Гвозд программы») sarasiga kiruvchi qim­matli qog'ozlar — qimmatli qog'ozlarining yuqori likvidlilik dara- jasini ta’minlovchi emitentlar.
«Rag'batli aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — kurs narxi (kotirovkasi) bo'yicha yuqori o'rinni egallagan kompaniyalar.
«Yoqimdor aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — daromad- liligi bo'yicha «rag'batli aksiyalar» toifasiga yaqin va kurs tafovutini tez oshib borishini ta’minlovchi yosh kompaniyalar.
«Davriy aksiyalar» — aksiyalarning daromadliligini o'zining faolligi bilan bog'liq tarzda sinxron o'zgarishi asosida ta’minlovchi kompaniyalar.
«Uxlab yotgan aksiyalar» — bozomi hali egallamagan, lekin o'sishning katta potensialiga ega aksiyalami chiqaruvchi kompaniyalar.
«Ishirilgan aksiyalar» — aksiyalari haddan tashqari yuqori baholangan kompaniyalar.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin