Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo'yicha mulkiy javobgar: investorlar talabiga asosan qimmatli qog'ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan ma’lumotlami taqdim qilmaslik yoki noto'g'ri ma’lu- motlar taqdim qilish;
qimmatli qog*ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;
qimmatli qog'ozlaming insofsiz reklamasini amalga oshir- ganlik, qimmatli qog'ozlaming qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek, muomalada bo'lishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog'ozlaming reklamasi uchun;
investorlar bilan ulaming qimmatli qog'ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan, emitentlaming javob- garligini cheklaydigan shartnomalami tuzish;
aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog'ozlar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar, qimmatli qog'ozlaming emitentlari, qimmatli qog'oz- larga doir narxlar to'g'risida, shu jumladan, reklamada qasddan buzib ko'rsatilgan axborotni taqdim etish yo'li bilan investorlami qimmatli qog'ozlami sotib olish va sotishga da’vat qilganlik uchun;
investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarma- ganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek, investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shart- larda bitim tuzganlik uchun. Investorlar, ulaming siyosati va moliya bozoridagi roli
Investorlar — bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy resurslami investitsiyalar tarzida emitentlaming moliyaviy instru- mentlariga yo'naltirish maqsadida moliya bozoriga chiqaruvchi shaxs va organlar. Keng ma’noda investor bo'lishi mumkin bo'lgan shaxs va tashkilotlarga quyidagilar kiradi: davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar. Investor bo'lish uchun boshlang'ich investitsion jamg'armalar mavjudligi, investoming investitsion xohish-istagi va moliya bozorida investitsion muhitning yetarli darajada bo'lishligi darkordir.