Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə73/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179
3-176 Moliya bozori

98


  1. Sektorga yo'nalganligi bo'yicha:

  • davlat sektoriga investitsiya qiluvchilar;

  • bank va moliya sektoriga investitsiya qiluvchilar;

  • ishlab chiqarish sektoriga investitsiya qiluvchilar;

  • ijtimoiy sektorga investitsiya qiluvchilar va h.k.

Jismoniy shaxs bo'lgan investorlar qonun hujjatlarida belgilan- gan tartibda investitsion faoliyat yuritadi.
Yuridik shaxs bo'lgan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizatsiya qilinadi va tuga- tiladi.
Ma’lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan investorlar o‘sha mamlakatda o‘matilgan qonunlar doirasida investitsion faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investor investitsiyalarini orttirish (kamida saqlab qolish) siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investoming ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo'lishi mumkin.
Xalqaro darajadagi investorlar xalqaro bitishuvlar asosida inves­titsion faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investorlar investitsion siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investoming mavqei va turiga qarab regional va milliy iqtisodiyotga qaratilgan strategik va portfel ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari mamlakat qonunlari bilan o'matilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalari doirasida investitsion faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investor investitsion siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investoming ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab makromoliyaviy, territorial, tarmoqiy, strategik, portfel bo'lishi mumkin.
Investorlarga qo'yiladigan asosiy talablar: transparentlilik, max- fiylilik, ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik, faollilik asosida o'z investitsiyalarining likvidlilik, daro- madlilik, risksizlilik va bazisiga nisbatan ekvivalentlilik darajasini ta’minlashdan iborat. Odatda, investorlar risklarga moyil bo'Jadilar, ularning xatti-harakatlari refleksiv bo'lib, bozordagi investitsion muhitga va bozor konyunkturasiga bog'liq bo'ladi.
Mamlakatdagi investorlaming faollilik darajasi moliya bozorida va umuman, iqtisodiyot(/) baholash uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo'llash mumkin: min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg'arma



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin