Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə81/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179
3-176 Moliya bozori

109


laridir), ular o'rtasida qator farqlar mavjud. Birinchifarq — aksiya­dorlik jamiyatining tashkil etilishi, faoliyati va uni boshqarishning mufassal reglamentlanishidan iborat. 1996-yilda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash to‘g‘risida»gi Qonun aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, ulaming joriy faoliyati va boshqarish sohasida aniq me’yoriy chegaralami belgilab berdiki, unga aksiyadorlik kompaniyalarining egalari ham, boshqarish huquqi berilgan aksiyadorlar ham rioya etishlari zarur.


Aksiyadorlik jamiyatlarining yuqorida qayd etilgan korxona- lardan ikkinchi muhim farqi shundan iboratki, aksiyadorlik jamiyat­lari ishtirokchilaming alohida maqomini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozlar (aksiyalar) chiqaradi, bu qog'ozlaming muomalada bo'lishi tufayli aksiyadorlik jamiyatlariga birgalikda egalik qiluvchilar tarkibining o'zgarib turishi ancha tez va oson kechishi mumkin. Masalan, aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismiga egalik qilish uchun aksiyani xarid qilishning o‘zi yetarli. Mas’uliyati chek- langan jamiyatga birgalikda egalik qilish uchun esa, hujjatlami rasmiylashtirishning nisbatan uzoq tadbirlariga duch kelinadi (arizalar, bayonnomalar, ustavga o'zgartirishlar kiritish va uni belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazish). Agar aksiyadorlik jamiyati ishtirokchisining jamiyat a’zolari safidan chiqishi faqat unga tegishli aksiyalaming sotilishi bilan rasmiylashtirilsa, mas’uliyati cheklan- gan jamiyat ishtirokchisi unga o‘zi qo'shgan payni qaytarib berilishi- dan tashqari, jamiyatning ustav sarmoyasidagi uning ulushiga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish huquqiga ega. Bu, odatda, mulkni musodara qilish jarayonining cho'zilib ketishiga va ko'pincha ishtirokchiga qaytarilayotgan ulushning miqdoriga doir uzoq bahslashuvlarga olib kelishi mumkin. Chunki bu yerda mulkning umumiy qiymatini baholash va uning musodara qilinadigan qismini ajratish zarur bo'ladi.
Agar, masalan, xususiy korxonaning egasi biznes bo'yicha kontr-agentlar oldida o'zlarining bor mol-mulki, shu jumladan, shax- siy mulki bilan javobgarlikka ega bo'lsa, aksiyadorlik kompaniya- sining bahamjihat egalari bo'lgan aksiyadoriaming javobgarligi aksiyalar qiymati miqdori bilan chegaralangan. Aksiyadorlik jamiyati tugatilgan hollarda u aksiyadorlar oldida ular tomonidan joylashtirilgan qimmatli qog'ozlaming nominal qiymatidan past bo'lmagan miqdordagi mablag'larining but saqlanishiga mas’ul hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari bo'yicha javob



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin