• ikkinchidan,mol-mulkni bepul tarqatish, uni asrab-avaylash va ko'paytirish haqida qayg'urishga olib kelmaydi. Tekin qo'lga kiritilgan narsaning qadri ham bo‘lmaydi. «Biz shunday qat’iy xulosaga keldik — davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo'li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirilishi mumkin... Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga bunday yondashishning mazmuni juda oddiy — «vaucherlashgan» qiyofasiz mulkdordan qochish va o'ziga topshirilgan mol-mulkni to‘g‘ri tasarruf eta oladigan, faoliyatning dastlabki bosqichidayoq undan katta samara bilan foydalanishni ta’minlaydigan shaxslarga mulk berishdan iborat»1.
Muhimi shuki, bunday yondashuv xususiylashtirishdan olina- digan mablag'larni korxonalarning o'zini qo'llab-quwatlashga, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo'naltirish, ulardan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va yo‘nalishlarini moliyalash hamda kreditlash uchun foydalanish imkonini beradi. 0‘zbekistondagi xususiylashtirishning o'ziga xos xususiyati uning ijtimoiy maqsadlarga yo'naltirilganligi hisoblanadi. U mol-mulkni barchaga teng qilib tarqatishning turli xil usullariga muqobil bo'lib, aholining eng zaif qatlamini ijtimoiy himoyalashga yo'naltirilgan. Xususiylashtirishning ijtimoiy yo'naltirilganligi shu bilan ifodalana- diki, uy-joyni xususiylashtirish jarayonida uni noishlab chiqarish sohasining — xalq ta’limi, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshqa budjet tashkilotlarining xodimlari bepul olishdi. Bundan tashqari, mehnat jamoasining a’zolari o'z korxonalarining aksiyalarini imtiyozli shartlarda sotib olish imkoniyatiga, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Davlat xo'jaliklarining mol-mulki, fermalar va bog'lami xususiylashtirishda agrar sohasi xo'jaligining jamoalariga imtiyozlar berildi. O'zbekistondagi xususiylashtirishning eng muhim xususiyati shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan kelib tushadigan mablag'laming katta qismi xususiylashtirish davridan keyin korxo- nalarni qo'llab-quwatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflanmoqda. Butun ikkinchi bosqich davomida davlat mulkining xususiylashtirilishi natijasida kelib tushgan pul mablag'lari sobiq Ittifoqning deyarli barcha mamlakatlarida bo'lganidek, budjetga yo'naltirilmasdan, balki maxsus budjetdan tashqari fondning hisob