Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə83/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179
3-176 Moliya bozori

112




Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilayotib, bu haqda 30 kun muddat ichida o'zlarining kreditor- lariga xabar qilishi zarur. Kreditorlar esa, o‘z navbatida, ularga xabar qilingan sanadan boshlab, 30 kun ichida jamiyatdan o‘z majburiyatlarining muddatidan oldin bajarilishini va bu bilan bog’liq zararlarning qoplanishini talab qilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatida ustav fondi hajmining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi jamiyatning sof foydasidan har yillik majburiy ajratmalar hisobidan ustavda belgilangan miqdorga yctgunga qadar shakllantiriladi. Har yillik ajratmalaming miqdori jamiyat sof foydasining 5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Zaxira fondi aksiyadorlik jamiyatining zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so'ndirish, imtiyozli aksiyalar bo'yicha foizlami to‘lash va talab qilish huquqiga ega bo'lgan aksiyadoiiaming talabiga ko'ra, aksiyalami sotib olish uchun, shuningdek, ustavda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Agar ikkinchi va undan keyingi har bir moliya yili yakuniga ko‘ra jamiyat aksiyadorlariga tasdiqlash uchun taklif etilgan yillik buxgalterlik balansiga yoki auditorlik tekshiruvlari natijalariga muvofiq, jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam chiqsa, u holda jamiyat ustav fondi uning sof aktivlari qiymati- dan ortiq bo'lmagan miqdorgacha kamaytirilishi haqida e’lon qilishi shart. Agarda sof aktivlar qiymati tegishli jamiyat turi uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdoridan kam bo‘1sa, unda jamiyat o'zining tugatilishi haqida qaror qabul qilishga majbur.

    1. Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvchi organlari
      tnzilishi va bajaradigan vazifalari


Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalami boshqarishdan ancha farq qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish organlari quyidagilar: aksiyadoiiaming umumiy yig'ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organ — boshqaruv yoki direksiya.

Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin