Moliya bozori


Aksiyadorianring anuuniy yig*Qishl



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə84/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179
3-176 Moliya bozori

Aksiyadorianring anuuniy yig*Qishl
Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning oliy organ! hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati bir yilda kamida bir marta aksiyadorlaming umumiy hisobot yig'ilishini 113




o'tkazishi shart. Ushbu yig'ilish hisobqt yilidan keyingi yilning 1-iyuliga qadar o'tkazilishi lozim. Bundan tashqari, jamiyat navbatdan tashqari umumiy yig'ilishni ham o'tkazishi mumkin.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasi va tartibi, uning o'tkazilishi haqida aksiyadoriarga xabar qilish usuli, umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik chog'ida aksiyadoriarga taqdim etiladigan materiallar (axborot)ning ro'yxati aksiyadorlik jamiyati- ning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi faqat kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilishi mumkin. Umumiy yig'ilishning maxsus vakolatiga kirmaydigan masalalar bo'yicha qarorlar, yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig'ili- shining qarorlari yig'ilish o'tkazilmagan holda sirtdan ovoz berish (so'rovnoma) yo'li bilan qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berishda hammasi bo'lib jamiyatni ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 75 foiziga ega bo'lgan aksiyadorlar ishtirok etishi kerak. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxatini aniqlash tadbiri alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur ro'yxat aksiyadorlar reyestri asosida jamiyat kuzatuv ken­gashi tomonidan umumiy yig'ilishni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan keyin va aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasigacha kamida 60 kun qolganda tuzilishi lozim. Ro'yxatda aksiyalar egasining nomi, har bir aksiyador, uning manzili, shu- ningdek, unga tegishli aksiyalar miqdori haqidagi ma’lumotlar ko'rsatilishi zarur. Istalgan aksiyador jamiyatdan ushbu ro'yxatni u bilan tanishib chiqish uchun talab qilish huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish haqidagi xabar belgilangan shaklda matbuotda e’lon qilinadi hamda har bir aksiya- doiga jo'natiladi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida aksiyadorlar yillik hisobot, taftish komissiyasining xulo- sasi, ustavga kiritiladigan o'zgartirishlar va qo'shimchalar loyihasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadoriarga ushbu hujjatlardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini ovoz beruvchi aksiyalarining kamida bir foiziga ega bo'lgan aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi moliya yili yakunlanganidan so'ng 30 kundan kechiktirilmagan muddatda bo'lajak yillik umumiy yig'ilishning kun tartibiga masalalar kiritishi, shuningdek, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi tarkibiga nomzodlar ko'rsatishi mumkin.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin