Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə87/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179
3-176 Moliya bozori

116


  • aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash;

  • aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasini belgilash;

  • aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga hal etish uchun qonunchilikda belgilangan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining maxsus vakolatiga doir masalalami kiritish;

  • jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan e’lon qilingan aksiyalar miqdori va turlari chegarasida oshirish, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi- ning qaroriga muvofiq, unga bunday huquq berilgan bo'lsa;

  • obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, agar jamiyat ustavida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo'lsa;

  • mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;

  • jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlami xarid qilish, agar jamiyat ustavida unga bunday huquq berilgan bo'lsa;

  • ijroiya organga to'lanadigan mukofotlar va tovon pullari miqdorini belgilash, agar jamiyat ustavida bu hoi uning vakolatiga kiritilgan bo'lsa;

  • jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga to'lanadigan muko­fotlar va tovon pullarining miqdori bo'yicha tavsiyalar berish, auditorning xizmatiga haq to'lash miqdorini belgilash;

  • aksiyalar bo'yicha dividendning miqdori va uni to'lash tartibi bo'yicha tavsiyalar berish;

  • jamiyatning zaxira va boshqa fondlarini ishga solish;

  • jamiyatni boshqarish otganlarining faoliyat ko'rsatish tartibini belgilab beruvchi hujjatlami tasdiqlash;

  • filiallar barpo etish va jamiyatning vakolatxonalarini ochish;

  • jamiyatning sho'ba va tobe korxonalarini tashkil etish;

  • mol-mulkni xarid qilish va begonalashtirish bilan bog'liq yirik bitimlami, shuningdek, manfaatli bitimlami tuzish.

Kuzatuv kengashining majlisi uning raisi tomonidan o'z tashab- busi bilan, kuzatuv kengashi a’zosi, taftish komissiyasi yoki auditor, ijroiya organning, shuningdek, jamiyat ustavida belgilangan shaxs- laming talabiga ko'ra chaqiriladi. Kuzatuv kengashining majlisini o'tkazish uchun kvorum ustav bilan belgilanadi, lekin kengash a’zolarining 75 foizidan kjm bo'lmasligi kerak. Kuzatuv kengashi­ning qarorlari unda ishtirok etayotgan a’zolaming ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin