ustavga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil qilish, tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash, oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi va sonini belgilash, uning a’zolarini saylash hamda vakolatini muddatidan oldin tugatish;
e’lon qilingan aksiyalaming chegara miqdorini belgilash, ustav fondini ko'paytirish yoki kamaytirish;
o'z aksiyalarini sotib olish;
aksiyadoriik jamiyatining ijroiya organini tashkil etish (saylash, tayinlash, yo'llash), uning vakolatini muddatidan oldin tugatish, agar bu jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolatiga kiritil- magan bo'Isa;
jamiyat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchi)ni va ular- ning saylash vakolatini muddatidan oldin tugatish, jamiyatning auditorini tasdiqlash;
aksiyaga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlami xarid qilish uchun aksiyadoming ustunlik huquqi qo'llanilmasligi haqida qaror qabul qilish;
aksiyalarni maydalash va birlashtirish;
jamiyat aktivlari balans qiymatining 50 foizidan ko'pini tashkil qiluvchi mol-mulk bilan yirik bitimlarni, shuningdek, bitim bo'yicha to'lov summasi va bitimning predmeti bo'lgan mol-mulk- ning qiymati jamiyat aktivlarining 5 foizidan ortiq bo'lgan manfaatli bitimlami tuzish.
Aksiyadoriik jamiyatida aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ham o'tkazilishi mumkin. Kuzatuv kengashining qarori, taftish komissiyasi, auditor yoki jamiyatni ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlaming talablari uni o'tkazish uchun asos bo'ladi. Bunda yig'ilish uni o'tka- zish haqida talablar qo'yilgan vaqtdan boshlab, 45 kundan kechik- tirilmagan muddatda o'tkazilishi lozim. Aksiyadorlar umumiy yjg'ilishida aksiyadorlaming shaxsan o'zi yoki ulaming vakillari ishtirok etishi mumkin. Aksiyadorlar umumiy