Moliya bozorlari Reja: Bozor haqida tushuncha va moliya bozori


Iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori



Yüklə 43,95 Kb.
səhifə2/3
tarix22.07.2023
ölçüsü43,95 Kb.
#137109
1   2   3
Moliya bozorlari mustaqil ish

Iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori iste'molchilar bozori bo'lib, aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlaming oldisotdisini bildiradi. Iste'mol bozorida aholi o'z iste'moli uchun tovarlar va tovar sifatidagi pulli xizmatlarini xarid qiladi. Ishlab-chiqarish resurslari (vositalari) bozori ishlab chiqarishni yuritish uchun zarur bo'lgan va tovarga aylangan mehnat vositalari, ashyo materiallarinig to'g'ridan to'g'ri yoki vositachilar orqali oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozorda mashina, uskuna, asboblar, bino, yer, xomashyo, yoqilg'i va materiallar oldi-sotdisi qilinadi. Mehnat bozori - ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Ish kuchi insonni mehnat qilish qobiliyati sifati tovarga aylanadi, oldi-sotdi orqali ishlab chiqarishni asosiy omili bo'la oladi. Potensial mehnat qobiliyati bozordan o'tib, real amalda ishIayotgan mehnat qobiliyatiga aylanadi. Intellektual tovarlar bozori bozorning maxsus turi bo'lib, aqliy mehnat mahsuli bo'lmish tovarlar va xizmatlaming ayirboshlanishini bildiradi. U sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotida keng rivojlangan bo'lib, unda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g'oyalar, texnikaviy yangiliklar, san'at asarlari, xii rna-xii axborotlami oldi-sotdi qilish yuzasidan munosabatda bo'ladilar. Mazkur bozor ham kichik qismlardan iboratki, ular ilmiy-texnik ishlanmalar bozori; kino bozori; tasviriy san'at bozori; musiqa bozori; antikvar buyumlar bozoridan tashkiI topadi. lntellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlamalar oldisotdisi katta o'rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va «nou-xau» sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mUlkiga aylanishi sharti bilan yoki o'zida aylanish sharti bilan sotiladi. lntellektual bozorda ko'pincha innovatsiya egalari ish yuritadilar. Ular yangilikni topish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan xizmat ko'rsatadiIar. Bu ishda injiniring va konsalting firmalari ham qatnashadi. Shou-biznes bazor; intellektual tovar bozorining eng yirik turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozor yordamida har xiI pullik tomoshalar ko'rsatish yo'li bilan daromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsus firmalar, madaniy-musiqaviy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug'ullanadi. Moliya bozori - bu bozor moliya resurslari, ya'ni pul va pulga tenglashtirilgan qog'ozlar bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya tizimini ajrnlmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi qilinadi, pul mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta'minlanadi. Moliya bozorida firmalar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi. Moliya bozori keng ma'noda pul bozori, kapital bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va boshqalami birlashtiradi'. Pul bozori qisqa muddatli kredit bozori, kapital bozori esa uzoq muddatJi kredit bozori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda puldorlar, banklar (vositaehilar) va pulga muhtojlar qatnashadilar, sotilgan pul narxi esa foizni tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, xazina majburiyatlari, sertifikatlar oldisotdi qilinadi. Bu bozor fond bozori deb yuritiladi. Qimmatli qog'ozlaming dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o'tkaziIadi, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar obuna shaklida yoki ro'yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Ularning qayta sotilishi ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, uni fond biTjasi deb yuritiladi. Pul va qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim yo'llaridan biridir. Bu bozor davlat xarajatlarini kreditlash va bud jet taqchilligini qoplashning manbayi sifatida kaUa ahamiyatga egadir.


II. Moliya bozori orqali vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslar harakatga keltiriladi. Moliya bozori kapitalini demokratiyalashtiradi, oz miqdordagi moliyaviy resurslami to'plab yirik kapitaIga aylantiradi, ko'pchiIikni foyda topishdan bahramand etadi. Bozorda kapital egalari vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslaridan daromad olishni xohlasa, bozoming boshqa qatnashchilari esa, joriy iste'molga yoki tovarlar va xizmatIar ishlab chiqarishga, qurilishga yoki savdoga investitsiya qilishga ehtiyoj sezishadi. Aholining jamg'armalari - vaqtinchalik bo'sh moliya resurslarini taklif qilishdir. Kredit investitsiyalari vaqtinchalik bo'sh moliya resurslariga talabgor. Oxir-oqibatda kredit resurslarining talab va taklifi moliya resurslarining oldi-sotdi jarayoni yuz beradigan o'ziga xos moliya bozorlarining paydo bo'lishini belgilaydi. Moliya bozori va ularga faoliyat ko'rsatadigan muassasalari mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarurat bo'igan ko'pgina muhim vazifalarni bajaradi:


  1. Yüklə 43,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin