Quyidagi shartlarda ammortizatsiya ajratmasi summasini aniqlang. Korxonada barcha guruhdagi asosiy vositalar ammortizatsiyasi mavjud. Yil boshiga 1 guruh AV bino, inshoatlar balans qiymati 16 mln.so’m, yil davomida bu guruhga mablaglar tushumi amalga oshmagan.
Yil boshiga 2 guruh AV balans qiymati 6 mln.so’m, 3 gr AV BQ 14 mln.so’m, 4 gr AV BQ 0.7 mln.so’m. Korxona hisob siyosatida buyruq bo’yicha kvartallik amortizatsiya hisoblash normasi belgilangan.
1gr-2%, 2gr-10%, 3gr-6%, 4gr-15%.
Hisob yilining ikkinchi kvartalida 4gr AV 150 ming so’m summa qabul qilindi. Hisobot yilida asosiy vositalar guruhlari bo’yicha amortizatsiya ajratmasi o’tkazilmagan.
Masala echimi: 1 gr(2%) AV 1 kv 16 mln.so’m*2%=0.32 2 kv (16-0.32)*2%=0.31 3 kv (15.68-0.31)*2%=0.30 4 kv (15.38-0.30)*2%=0.30 Yillik ajratma summasi 1.23 2gr(10%) 1 kv 6*10%=0.6 2 kv (6-0.6)*10%= 0.54 3 kv (5.46-0.54)*10%=0.49 4 kv (4.97-0.49)*10%=0.45 Summa 2.08
Quyidagi shartlarda soliqqa tortishgacha oddiy faoliyatdan olinadigan foydani aniqlang.
Korxona 3 turdagi A, B, V mahsulotlarni 15 ming, 4 ming, 10 ming birlikda ishlab chiqaradi.
Bir birlik mahsulot tannarxi A-28 so’m, B-39 so’m, V-45 so’m.
QQS bilan A mahsulot sotish tannarxi 42 so’m, B-55, V-74 so’m.
Korxona hisobot yilida 148 ming so’mlik mahsulot sotdi va bu davrda 34.5 ming so’m xarajat qildi. Hisobot yilida bankda 500 ming so’m 11%li omonatga ega. Korxona yil boshida 600 ming so’mlik 1$-5.08 so’m kursda chet el valyutasini sotib olgan. Valyutani 1$-5.04 so’mdan ayriboshlagan.
Biroq chet el valyutasi 6 oy yillik 9.5%li stavkada bank omonatida saqlangan. Korxona yil boshida 500 ming so’mlik, bir aktsiya bozor qiymati 1 so’mdan 500 mingta aktsiya sotib olgan, bu aktsiyalar bo’yicha 300 ming so’m divident hisoblamgan. Yil yakuniga donasi 1.2 so’mdan sotib yuborilgan. Aktsiyalar xarakati bo’yicha xarajatlar 20 ming so’mni tashkil qilgan.