Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə14/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
moliya qollanma

84
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (11.1-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliya­viy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani to ‘g ‘risida ma ’lumot beradi.


11.1-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari



hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor shaxslarni kompaniya faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat - taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko ‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish mkonini berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi kompaniya samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromad-liligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risida dastlabki hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar - moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki, ular bilan ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.

  1. nazorat uchun savol

Moliyaviy hisobotlarning uch asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

Moliyaviy hisobotlarning, asosan, quyidagi uchta turi bor (11.2-rasm):






  1. 2. Moliyaviy hisobot turlari
    rasm. Moliyaviy hisobot turlari

Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib berish uchun, misol tariqasida, “XYZ” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ” - bu 10 yil avval tashkil etilgan kompaniya. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ” kompaniyasining balansi (balance), bu kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (income statement) va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti (cash flow statement) keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mamlakat- larining har qanday ishlab chiqarish kompaniyasi uchun xos. Quyida moliyaviy hisobotlarning har bir turi bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.
Balans (balance sheet). Firma balansi uning muayyan vaqt oralig‘idagi aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburi-yatlarini (ya’ni, barcha qarzlarini) aks ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities) o‘rtasidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil etadi. Uni, shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equity) deb ham ataydilar. Korporatsiyalarda sof qiymat aksiyadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb ataladi.
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), AQShda esa qabul qilingan va buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks ettiradigan Buxgalteriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga (GAAP - generally accepted accounting principles) muvofiq kompaniya balansida aks etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich qiymatiga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab sotib olingan narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob Stanlartlari bo‘yicha Kengash (AQSh) (Financial Accounting Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond birjasida rasmiy sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xorijiy va Amerika kompaniyasi hisobotlarni mazkur buxgalteriya hisobi standartlari asosida olib borishi va Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy hisobot
taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berishi kerak.

  1. jadvalda (navbatdagi betga qarang) “XYZ” korporatsiyasining turli davrlar, misol uchun, 20x0 yil oxiriga va 20x1 yil oxiriga balansi keltirilgan. Keling, avval 20x0 yil 31 dekabr holatiga, ya’ni 20x1 yil boshiga tuzilgan balans (uning soddalashtirilgan shakli) ni ko‘rib chiqamiz.

Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan (aylanma mablag‘lar, aylanma aktivlar) boshlab balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni kompaniyaning pul mablag‘lari va balansning yil davomida pulga aylantirish mo‘ljallangan boshqa moddalari summasi sanab o‘tilgan. Bizning misolda kompaniya pullari (kassa va bank hisob-kitob raqamidagi) va qisqa muddatli (ya’ni, oson sotiladigan) qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan (qiymatiga ega). Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari 50,0 mln. so‘mdan (ya’ni, “XYZ” mahsuloti xaridorlari korpora-tsiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘lar) hamda 150,0 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklardan iborat mablag‘lardan tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, o‘z navbatida, xom ashyo, tugatilmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi.
11.1-jadval
Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ” korporatsiyasi balansi

(mln. so‘mda)

Aktivlar

20x0

20x1

O‘zgarish

Aylanma (joriy) aktivlar










Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli) qimmatli qog‘ozlari

100,0

120,0

20,0

Debitorlik qarzlari

50,0

60,0

10,0

Tovar-moddiy zaxiralar

150,0

180,0

30,0

Jami aylanma aktivlar

300,0

360,0

60,0

Asosiy vositalar

400,0

490,0

90,0

Hisoblangan eskirish

100,0

130,0

30,0

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati

300,0

360,0

60,0

Jami aktivlar

600,0

710,0

120,0

Majburiyatlar va xususiy kapital










Qisqa muddatli majburiyatlar










Kreditorlik qarzlari

60,0

72,0

12,0

Banklarning qisqa muddatli kreditlari

90,0

184,6

94,6

Jami qisqa muddatli majburiyatlar

150,0

256,6

106,6

Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash mudda­ti 20x7 yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar)

150,0

150,0

0,0

Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln. aksiya)

300,0

313,4

13,4

Kapitalning to‘langan qismi

200,0

200,0

0,0

Taqsimlanmagan daromad

100,0

113,4

13,4

Ma’lumot uchun:
Oddiy aksiyalarning bozor kursi, so‘mda

200,0

187,2

-12,8



Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni kompaniyaning asosiy vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari
HA
kabi modda (qism)lar kiradi . Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob- uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati 300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga teng.
Bundan keyin balansda “XYZ” korporatsiyasining majburiyatlari aks ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb atashadi. “XYZ” korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mahsulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak bo‘lgan summa - 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 20x7 yil deb belgilangan obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yil lik 8% stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korporatsiyasining obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiq arish natijasida olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Kompaniya biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa - 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 20x0 31 dekabrdan 20x1 yil 31 dekabrgacha “XYZ” korporatsiyasi balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 11.2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya biznesni
rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.
2-nazorat uchun savol
Agar yil davomida “XYZ” korporatsiyasi qo‘shimcha 50,0 mln. so‘mlik uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarib, olingan mablag‘ni o‘z aktivlarining tegishli qismiga - pullar va bozor qimmatli qog‘ozlariga - kiritganida, korporatsiyaning balansi yil oxiriga kelib qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income, profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Foyda - bu kompaniyaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.3-jadvalda keltirilgan hisobotda 20x1 yilda “XYZ” korporatsiyasi tovarlarini sotishdan kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda - 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani ko‘rsatilgan.
11.3-jadval
XYZ” korporatsiyasi faoliyatining 20x1 yildagi moliyaviy natijalari
to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli)
(mln. so‘mda)

Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum)

200,0

Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi

(110,0)

Yalpi foyda

90,0

Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari)

(30,0)

Asosiy faoliyatdan olingan foyda

60,0

Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari

(21,0)

Soliqqa tortiladigan foyda

39,0

Foyda solig‘i

(15,6)

Sof foyda

23,4

Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya)

23,4

Sof foydaning taqsimlanishi:

To‘langan dividendlar

10,0

Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi

13,4



Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” kompaniyasining xarajat moddalari to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi kiritilgan. Bu korporatsiyaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab chiqarish jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga
o‘xshash xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan (ko‘rilgan) daromad va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korporatsiya-sining bu ko‘rsatkichi 20x1 yilda 90,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek marketing va hisobot yilida kompaniya ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb yuritiladi. “XYZ” korpora-tsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga ketgan xarajatlari (GS&A) 20x1 yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir.
Uchinchi xarajatlar kategoriyasiga “XYZ” korporatsiyasining qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu xarajatlar o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni ishlab chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘rtinchi, oxirgi kategoriyasida korporatsiya tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 20x1 yilda “XYZ” korporatsiyasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korporatsiya foydasidan olingan soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Demak, korporatsiyaning 1 mln. aksiyasi muomalada (ya’ni, aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga hisoblangan sof foyda 23,40 so‘mga tengdir.
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 20x1 yilda korporatsiya aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln. so‘m to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda summasidan qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m korporatsiya balansida 20x1 yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof foyda va firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas. Shuning uchun bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga qo‘shilmaydi.
3-nazorat uchun savol
Agar korporatsiya 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, ushbu olingan sof foyda summasini biznesni rivojlantirishga yo‘naltirgan bo‘lganda “XYZ” korporatsiyasining yil oxiriga tuzilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u kompaniyaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab- yashnayotgan kompaniya ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar kompaniya boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, ko‘pincha, tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. Demak, ularda o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham - pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, kompaniyada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir qilishini aniqlashi mumkin.
Keling, buni 11.4-jadvalda keltirilgan (navbatdagi betga qarang) “XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, b) investitsion faoliyat va v) moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi ko‘rsatadi. Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi?
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korporatsiyaning sof foyda ko‘rsatkichi va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul
11.4-jadval
XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti
(soddalashtirilgan shakli)

Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi)




Sof foyda

23,4

Amortizatsiya (+)

+30,0

Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik qarzlari)ning o‘zgarishi (-)

-10,0

Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-)

-30,0

To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik qarzlari)ning) o‘zgarishi (+)

+12,0

Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy harakati

25,4

Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)

Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-)

-90,0

Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)

To‘langan dividendlar (-)

-10,0

Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+)

+94,6

Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining o‘zgarishi

20,0



mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Amortizatsiya xarajat (ajratma)lari;

  2. Olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi;

  3. To‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi;

  4. Tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi.

Endi “XYZ” korporatsiyasi hisobotining ushbu qismlarini batafsil-roq o‘rganib chiqamiz.
Birinchidan, 20x1 bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln. so‘mni tashkil etdi va 20x1 yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, kompaniya daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi. Ammo bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino va asbob- uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni hisobga oladi. Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish faoliyatidan
olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash (olish) uchun, avvalo, birinchi navbatda birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi kerak bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkich yil davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda xaridorlardan olgan pul miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ” korporatsiyasi 20x1 yilda jami 200,0 mln so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat ko‘rsatgan hamda bu to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan faqat 190,0 mln so‘m. olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash kerak.
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln. so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir. Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 20x1 yilda tovar-moddiy boyliklar qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa (kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ” korporatsiyasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori (hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda

  1. mln. so‘m to‘liqligicha chiqarib tashla-nadi. O‘z navbatida, operatsion faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.

Shunday qilib, amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompaniyaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof foydani, biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan hisobot beradigan kompaniyalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 20x1 yil davomida “XYZ” kompaniyasi yangi zavod binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan. Hisobotning uchinchi bo‘limida - moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari
harakatida - korporatsiya o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa muddatli qarzini ko‘paytirgan.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ” kompaniyasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 20x1 yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari natijasida“XYZ” kompaniyasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarz (zayom) olgan. Jami bu 120,0 mln. so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi asosiy vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga sarflangan.
4-nazorat uchun savol
Agar “XYZ” kompaniyasi aksiyadorlarga 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, shu sof foyda summasini biznesni yanada rivojlantirishga yo‘naltirganda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Quyida keltirilgan 11.5-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan ajralib turishi ko‘rsatilgan.
11.5-jadval
Moliyaviy hisobotlar qisqacha tavsifi

Balans


Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin