Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 201_ yil “ ”
dagi “ ”-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi institut Kengashining 201_ yil “ ” dagi “ ”-
sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.
MA'RUZA MASHG'ULOTI UCHUN MATERIALLAR
MODUL. ZAMONAVIY MOLIYANING NAZARIY ASOSLARI
Tayanch so’z va iboralar: zamonaviy moliya (modem finance), moliyaviy tizim (financial system), aktivlar (assets), investitsiyalar uchun aktivlar tanlash, (assetsallocation), majburiyatlar (liability), mulkning sof qiymati, yoki kompaniyaning o’z kapitali (networth), yakka egalik qilish (sole proprietorship), shirkat (partnership),korporatsiya (corporation) birjadan tashqari bozor (ovcr-the- counter market), moliyaviy oqimlar (flow of iunds), ahloqiy risk (moral hazard), yoqimsiz (noqulay) tanlov (adverse selection), umrbod (hayotiy) renta (life annuities), "komitent-komissioner" muammosi (principal-agent problem), qarzlarni ta’minlash printsipi (uslubi) (collateralization), qayd qilingan daromadli vositalar (fixed-income instruments), pul bozori (money market), kapital bozori (capital market), likvidlik (liquidity), qoldiq talab (residual claim), cheklangan javobgarlik (limited liabilities), hosila (yasama) qimmatli qog’ozlar (derivatives), xarid qilish optsioni, "koll" optsioni (call option), sotish optsioni, "put" optsioni (put option), forvard shartnomalar (forward contract), garov bo’yicha foiz stavkasi (mortgage rate), tijorat krediti stavkasi (commercial loan rate), hisob-kitobli pul birligi (unit of account), to’lov muddati (maturity), defolt riski (default risk) , valyuta kursi (exchange rate), daromadlilik egri chizig’i (yield curve),har xil turdagi qimmatli qog’ozlar daromadliligi ko’rsatkichlari farqi (yield spread),kapitalning o’sishi (capital gain), kapital yo’qotilishi (capital loss), nominal narxlar (nominal prices), haqiqiy (real) narx (baho)lar (real prices),nominal foiz stavkasi (nominal interest rate), haqiqiy daromadlilik stavkasi (real rate of return),indekslashtirilgan obligatsiyalar (index-linked bonds), ishlab chiqarish vositalari samaradorligi (productivity of capita goods),
1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi
Reja:
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
“Zamonaviy moliya” - o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
3
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr- qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz - aniq) zamonaviy moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan
holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish
(oqilonalashtirish);
aktivlar qiymatini baholash;
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element (“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
“Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat?
Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak?
.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” (kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday turli ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
“Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi;
Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
“Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir
(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni shunday nomlash mumkin.
Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi.
Demak, “Zamonaviy moliya” (...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - bu moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori tele-kommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?
Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.
o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.
Л
“Zamonaviy moliya” (fani) ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi betdagi 1.1-rasmga qarang):
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.
Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi
-5
(savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi . Yoki Siz bunga ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu - bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”, “Vaqt - bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?
1.1-rasm. “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish sabablari.
Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin kunlar (kelajak)da kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial (salohiyatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo, olingan maslahatning sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “Zamonaviy
moliya” (fani)ni chuqur o‘rganibgina shunday ob’ektiv baholash uchun zarur asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”, degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi foydali maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar portfel2i (shu jumladan, pensiya (nafaqa) hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aksiyalar opsioniga egasiz. Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital qo‘yilmalaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa) jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana qanday choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahat- chilarning aksariyati (ko‘pchiligi) - yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘na-lishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daromad oladilar-da!). Bundan tashqari, ba’zi maslahatchilar o‘z xizmat-larini xuddi yurist va buxgalterlar kabi soatbay baholaydilar. O‘zini zamonaviy moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |