Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə6/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
moliya qollanma

8. Baholash va konsalting
a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.
9. Boshqaruvning axborot tizimlari

  1. ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish;

  2. boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish;

v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish.
Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan).


3.4-rasm. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi

Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi) vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va bevosita prezidentga hisobot beradi. Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish


Л Q
operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat iga rahbar lavozimi kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a) moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse- prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun xizmat qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim etish uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir.

  1. mavzu. Moliyaviy tizim va moliyaviy oqimlar

Reja:

  1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati

  2. Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni

  1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati

Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (4.1-rasm).
Ayrim hollarda bozor aniq moliyaviy vositalar bilan ishlashi uchun ma’lum bir joyda joylashgan bo‘ladi. Bu, masalan, Nyu-York fond bir-jasiga (New York
-5A
Stock Exchange) yoki fyuchers va opsionlarning Osaka birjasiga (Osaka Options and Futures Exchange), shuningdek, “Toshkent” fond birjasiga va boshqalarga tegishli. Bular, mos ravishchda, Nyu-York (AQShda),






  1. rasm. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri

Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan. Lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va valyuta- larning birjadan tashqari bozorlari (over the counter markets) asosan butun dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni va ularning mijozlarini yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan.
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsu-lotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kom-paniyalaridan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish,
-5 1
tijorat qarzlari va ipoteka kredit-larini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jam-g‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kunduz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro, shu-ningdek, yapon iyenasi yoki AQSh dollarida ham taqdim etilishi mumkin.

  1. Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni

Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi .
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi.



Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan (ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish).


Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy
-3-3
oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent i bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar.
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri - bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti - o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

  1. rasmdagi “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’- ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.

“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga - yo‘naltirilgan chiziq- ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment12larida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin.

  1. mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning

evolyutsiyasi
Reja:

  1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi

  2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)

  3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish

  4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi

  5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)

  6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish

  1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda

aylanib yurishi
Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy institut (muassasa)larning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiya-lari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik (functional perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:

  • moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha katta farqlanmaydi.

  • moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir- oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.

Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish mumkin (5.1-rasm).






  1. rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari

Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin