Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə13/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
moliya qollanma

iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko ‘chirish;

  • riskni boshqarish;

  • savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • turli korxonalardagi egaliklarni bo ‘lish va moliyaviy resurslarni qo ‘shish;

  • iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma'lu-moti bilan ta’minlash;

  • stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.

    Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
    Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.

    • Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar - bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.

    • Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar - bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir.

    Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
    Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi.
    Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir etadi:

    • ishlab chiqarish vositalari samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan daromadlilik stavkalari;

    • ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;

    • insonlarning vaqtinchalik afzal ko ‘rishlari - insonlarning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;

    • riskni yoqtirmaslik - investitsiya riskini qisqartirish maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.

    Indekslash deb investitsiya stretegiyasini atashadi, uning maqsadi investitsiya kapitalining daromadliligi o‘zgarishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga bog‘lab qo‘yishdir.
    Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning moliyaviy mahsu-lotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta shartnomalarining keng diapazoni kabi-larni o‘z ichiga oladi.

    1. mavzu. Moliyaviy hisobot funksiyalari va ularning turlari

    Reja:

    1. Moliyaviy hisobot funksiyalari

    2. Moliyaviy hisobot turlari

    1. Moliyaviy hisobot funksiyalari


    Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy

    Yüklə 4,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin