Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə12/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
moliya qollanma

Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud.

  1. Sug‘urta kompaniyalari

Sug‘urta kompaniyalari - bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniya-larining qarzdorlik majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta kompaniyalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar.

  1. Pensiya fondlari

Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi (defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga asoslangan pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi (defined-benefit pension plan). Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi.
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot (pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompa-niyasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

  1. O‘zaro fondlar

Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “investitsiya portfeli” deb ataladigan aktivni tashkil etadilar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami o‘zaro fond (mutual fund) deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qanday daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdoriga proporsional ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida bozor bahosida sotishi mumkin.
Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir investor ixtiyorida qancha miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun samarali mablag‘larni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi (NAV - net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi.

  1. Investitsion banklar

Investitsion banklar (investment banks) - bu shunday firmalarki, ular-ning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilot-larga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijoz-larining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).
Investitsion banklar ko‘pincha anderrayting, yoki o‘zlari bozorda joylashtiradigan qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion ban k emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi.
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stigal (Glass Steagall Act) qonuniga muvofiq tijorat banklariga ander-raytingga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.

  1. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar

Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

  1. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar

Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting37 agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa

  • sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri “Axborreyting”dir.

  1. mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni

tartibga solish
Reja:

  1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi

  2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari

  3. Buxgalteriya hisobi tizimlari

  1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi

Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va
70
qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun status i (maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismo-niy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qili-nishini ta’minlovchi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda, garchi bu qonun-larning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizim-ning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi.

70 «Status» lotincha «status» - ahvol, hol, holat. Maqom - vaziyat, mavqe; o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: o‘sha manba. J.III. - B.569.
Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob- kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi (9.1-rasm).


9.1-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi



Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojlanish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlashlariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kompaniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqalari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik jihatdan davlat muassasalarining vakolatiga
71
kiruvchi bu kabi alohida vazifalarni bajarish, ko‘pincha, xususiy sektor tashkilotlariga topshiriladi. Bunday tartib AQShda va shu kabi dunyoning boshqa davlatlarida qabul qilingan. Ba’zan bunday xususiy sektor tashkilotlari sifatida professional tor ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, masalan, AQShdagi Moliya hisobi stan-dartlari bo‘yicha kengash (FASB - Financial Accounting Standard Board); boshqa holatlarda - fond birjalari, uchinchidan - Xalqaro svop sotuvchilari assotsiatsiyasi (ISDA - International Swap Dealers Association)ga o‘xshagan savdo assotsiatsiyalari maydonga chiqadi.
Davlat, iqtisodiyotning har qanday boshqa sohasidagi kabi, moliyaviy sohada ham ijobiy rol o‘ynashi va mamlakat iqtisodiy faoliyati samara-dorligining ortishiga imkon yaratishi mumkin. Biroq, muvaffaqiyatli davlat siyosati, asosan, davlatning moliyaviy masalalarga qay darajada aralashishi va uning qaysi chegaradan o‘tmasligi zarurligini to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘liq.

  1. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari

Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.

  1. Buxgalteriya hisobi tizimlari

Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan buxgalteriya hisobi deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi. Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish - Italiyada - Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.

  1. mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari

Reja:

  1. Markaziy banklar

  2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar

  3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar

  1. Markaziy banklar

Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC

  • Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar mavjud.

Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Markaziy banklar - bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum
79
darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar .
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

  1. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar

Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin.

  1. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar

Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ular-ning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS - Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi - savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF - International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k.
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qarzga beradi.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin