I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz mumkin;
I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli qog‘ozlari hisoblanib, AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va kafolatlanadi;
I Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;
I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi, foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;
I Bonds obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan (TIPS) obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun, keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyatsiya sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q. Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli nominal stavkasi 5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi. Yuqorida aytilganlarni jamlagan holda, foiz stavkasi va’da qilingan daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Ko‘pchilik obliga-tsiyalar u yoki bu valyutada ifodalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli, ularning iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan holdagi real daromadlilik stavkasi - noaniq ko‘rsatkich bo‘ladi. Agar inflyatsiyani hisobga olgan holda indeksatsiyalanadigan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, mazkur holatda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar narxini hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi. 6-nazorat uchun savol Faraz qilaylik, TIPS bo‘yicha real yillik foiz stavkasi 3,5%ni, AQShdagi kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa yiliga 4%ni tashkil etadi. Unda ushbu obligatsiyalar bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning nominal stavkasi qanday bo‘ladi? Foizli stavkalarni tenglashtirish.
Moliyaviy bozordagi raqobat ekvivalent29 aktivlarga kiritilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun bir yillik AQSh G‘aznachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% to‘lamoqdalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun Jahon banki (World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lolmaslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa bo‘lishi mumkin? Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%. Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon banki jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda. Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSh G‘aznachiligining bir yillik veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-tsiyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa, kamida AQSh G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi. Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (aslida moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan narsani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadliligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega. Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalarda pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular foizli arbitraj30 (interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni pastroq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga beradilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kengayishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni chizmali tarzda quyidagicha ko‘rsatish mumkin (7.2-rasm).
rasm. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Demak, rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyotida daro-madlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy quyidagi to‘rtta omil mavjud: