“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Pul mablag‘lari aylanishi sikli



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   202
Moliya UMK

Pul mablag‘lari aylanishi sikli
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi
(cash cycle life) – bu firma 
o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z 
iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 14.2-rasmda 
ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi tovar-moddiy 
zaxiralarining korxona-daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat 
bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashlanadi, ya’ni : 
Pul mablag‘lari 
aylanishi sikli 
davomiyligi 

Tovar-moddiy 
zaxiralarning korxonada 
bo‘lish vaqti 

Debitorlik qarzi 
muddati 
– 
Kreditorlik qarzi 
muddati 
Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, 
tovar-moddiy zaxiralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatini 
o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umuman keragi yo‘q bo‘ladi. 
Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma kapitaliga bo‘lgan 
ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? Pul mablag‘lari aylanishi sikli 
davomiyligini hisoblash tenglamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma 
kapitalga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi mumkin: 

Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish
. Bunga erishish uchun 
tovar-moddiy boyliklar harakatini boshqarish jarayonini takomillashtirish 
yoki mahsulotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘ilgan 
Товар-моддий 
захираларнинг 
корхонада бўлиш 
вақти 
Буюртма 
олинди 
Омборга 
етказилди 
Хом-ашё ва 
материаллар ҳақини 
тўлаш учун счёт-
фактура олинди 
Кредиторлик 
қарзи муддати 
Пул тўловлари 
амалга 
оширилди 
Тайёр 
маҳсулот 
сотилди 
Дебиторлик қарзи 
муддати 
Пул маблағлари 
айланиш цикли 
давомийлиги 
Вақт 
Сотилган 
маҳсулот учун пул 
олинди 
Хом-ашё ва 
материаллар 
сотиб 
олинди 


120 
vaqtda aniq yetkaza bera oladigan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan 
shartnoma tuzish kerak; 

Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish. 
Bunga bir necha yo‘l bilan 
erishish mumkin. Masalan, qarzlarni undirish jarayoni samaradorligini 
oshirish, tezroq to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek 
to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali. 

O‘z kreditorlik qarzlarini to‘lash muddatini cho‘zish orqali.
2-nazorat uchun savol 
Firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qanday usullar bilan 
qisqartirish mumkin?

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin