“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
Moliya UMK

Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi
Sotuvlar foizi metodi 
kelajakdagi davr uchun xarajatni, aktiv yoki 
majburiyatni sotuvlarning bir qismi sifatida baholashni prognoz qilishni oʻz ichiga 
oladi.
Ishlatiladigan foiz miqdori eng oxirgi moliyaviy hisobotga asosan joriy 
sotuvlar foizidan, bir necha yillar uchun hisoblangan oʻrtacha miqdordan, 
tahlilchining fikridan, yoki ushbu manbalarning jamlanmasidan kelib chiqadi.ʻ 
16.1-jadvalda Drew Inc. kompaniyasi uchun moliyaviy prognozda sotuvlar 
darajasi foizi metodi qoʻllanilgan toʻliq misol keltirilgan.Ushbu misolda 
korxonaning buxgalterlik hisobidagi har bir oʻzgarib turuvchi koʻrsatkich 2013-


142 
yilgi sotuvlarning ($10 million) foizi sifatida keltirilgan.2014-yilda aks ettirilishi 
rejalashtirilayotgan muddat uchun balansdagi har bir element foizni $12 million ga 
koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ushbu metod korxonaning kelajakdagi moliyaviy 
talablarini baholashda nisbatan arzon va ishlatishda oson boʻlgan yoʻl taklif qiladi.
Eslatib oʻtish kerakki, 1-jadvaldagi misolda joriy va asosiy aktivlar sotuv 
darajasiga qarab oʻzgarib turadi. Buning ma’nosi, korxona prognoz qilinayotgan 
sotuv hajmini oshiraoladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.Ya’ni, agar 
sotuvlar $1 ga oshsa, asosiy aktivlar $0.40 ga yoki aks ettirilgan sotuv darajasi 
oʻsishining 40% iga oshadi. Agar hozirda korxona aks ettirilgan sotuv darajasini 
ushlab tura oladigan darajada asosiy aktivlarga ega boʻlganda edi, aktivlar sotuvlar 
darajasi foizi oʻzgarmas edi vaprognoz etilayotgan muddatda oʻzgarmay turishi aks 
ettirilar edi.
Bundan tashqari, e’tiborga olish kerak boʻlgan jihat: kreditorlik qarzlari va 
hisoblangan chiqimlar sotuvlar darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan 
yagona majburiyatlardir. Ushbu ikkita majburiyatlarning haqli ravishda, 
korxonaning sotuv koʻrsatkichlariga qarab oshishi yoki kamayishini kutish 
mumkin.. Chunki ushbu ikki joriy majburiyatlar kategoriyasi odatda toʻgʻridan 
toʻgʻri sotuv darajasiga boʻgliq ravishda oʻzgaradi, koʻpincha ular 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin