“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   202
Moliya UMK

oʻz-oʻzidan 
(spontan) 
moliyalashtirish
manbalari bilan bogʻlanadi. Oʻz oʻzidan 
moliyalashtirishga korxonaning kunlik faoliyati tufayli oʻz oʻzidan yuzaga 
keladigan savdo kreditlari va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. Ishchi kapitalni 
boshqarishni oʻrganadigan 15-bobda, moliyalashtirishning ushbu shakli haqida 
koʻproq ma’lumot berilgan.Toʻlanadigan veksellar, uzoq muddatli qarzlar, oddiy 
aksiyalar, va toʻlangan kapital kabilar korxonaning sotuvlari darajasi oʻzgarishiga 
toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq emas. Ushbu moliyalashtirish manbalari, 
diskret 
moliyalashtirish
deb ataladi, 
va ular har gal mablagʻ jalb etilganda korxona 
boshqaruvchilari tomonidan aniq qaror talab qiladi. Misol uchun banknota, 
muzokaralar olib borilishini va moliylashtirish sharoitlari bayon etilgan kelishuv 
imzolanishini talab qiladi. 
Nihoyat, taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichi 
rejalashtirilgan sotuv hajmiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Taqsimlanmagan foyda 
koʻrsatkichining kutilayotgan oʻzgarishi soliqlar toʻlangandan keyingi taxminiy 
foyda (aks ettirilgan sof foyda) ya’ni sotuv hajmining 5%idan ($ 600,000) oddiy 
aksiyalarning dividendlarini($ 300,000) ayirmasiga ga teng. 
16.1-jadvalda keltirilgan Drew Inc. misolida, korxonaning sotuv hajmi 
$10milliondan $12milliongacha oʻzgarishini taxmin qildik, va bu oʻz navbatida 
korxonaning umumiy aktivlarga ehtiyojini $7.2 milliongacha oshishiga sabab 
boʻldi. Ushbu aktivlar $4,9 million miqdorida mavjud majburiyatlar va tabiy 
majburiyatlar orqali; $1.8 million miqdorida tasischilar mablagʻlari orqali, 
qoʻshimcha $300,000 miqdoridagi kelgusi yildagi sotuvlarning taqsimlanmagan 
foydasini oʻz ichiga oladi; va nihoyat, $500,000 miqdoridagi diskret 
moliyalashtirish orqali moliyalashtiriladi; ushbu mablagʻlar toʻlanadigan veksellar 
nashr qilish, obligatsiyalarni sotish, aksiyalar emissiyasini taklif qilishlar orqali, 
yoki ushbu manbalarning kombinatsiyasi orqali olinishi mumkin.


143 
16.1-jadval

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin