174
talab etilgan o‘rtacha
qaytim stavkasini hisoblash, bunda har bir manbadan
keladigan qaytim miqdori uning firmaga qilingan yalpi investitsiyadagi ulushini
o‘lchash orqali hisoblanadi.
Kapital bahosi nafaqat kompaniyaning umumiy faoliyat
natijasini ifodalaydi
balki, firma tomonidan amalga oshiriladigan yakka investitsiya qarorlarini qabul
qilishda ham foydalaniladi. Masalan, Exxon Mobil Nigeriyada yangi neft ishlab
chiqarish bo‘yicha
mulk sotib olmoqchi, bunda kompaniya investitsiya o‘zini
oqlashi uchun qancha qaytim lozimligini hisoblashi zarur. Yana bir misolni
olaylik, kompaniya tahlilchilari Shimoli- sharqiy Osiyoda kimyo zavodini qurish
maqsadida investitsiyadan olinadigan daromadni taqqoslash uchun mo‘ljalli
qaytimni belgilab olishlari kerak bo‘ladi.
Diqqatingizni jalb etish uchun quyidagi misolni olaylik, 2011-yil Exxon Mobil
Korporatsiyasi firma aktivlari buxgalteriya qiymatining 26.93% ga teng bo‘lgan
darajada yuqori daromad oldi va qaytim stavkasi firmaning
jami aktivlari bozor
qiymatining 10%ga teng bo‘ldi. Shunga ko‘ra, firma barcha investorlari
(aksiyadorlar va kreditorlar) ehtiyojlarini qondirish uchun 10% dan kamroq
daromad olishiga to‘g‘ri kelgan, ammo moliyaviy
inqiroz kuchaygan davrning
o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, firma investorlari uchun yetarli daromad shakllantira
olgan. Bu bobda biz kompaniya fondlari bahosini hisoblashga alohida to‘xtalib
o‘tamiz. Shuningdek, biz kompaniyaga qarz va
ulush sifatida aksiyadorlar
tomonidan qo‘yilgan kapitalning o‘rtacha tortilgan bahosi yoki sodda qilib
aytganda kompaniyaning kapital bahosini o‘rganib chiqamiz.
Kompaniyaning kapital bahosi ba’zida kompaniya kapitalining
Dostları ilə paylaş: