184
aksiyalardan o‘tgan qaytimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edik. O‘rtacha 70 yil
davomida uzoq muddatli davrda oddiy aksiyalar davlat obligatsiyalariga qaraganda
taxminan 5.5% yuqori daromad keltirgan. KABM modeli orqali investorning talab
etilgan daromad darajasini topish uchun bozor-risk mukofotini
(
-
)
hisoblaganimizda shu hisob-kitoblardan foydalanamiz.
Tarixiy o‘rtacha bozor-risk mukofotidan tashqari iqtisodchi
mutaxassislarning
kelgusi mukofotlar haqidagi fikrlariga tayanishimiz mumkin
111
. Masalan Yale
univesiteti iqtisodchisi tomonidan 1998-yilda o‘tkazilgan ilmiy izlanishiga ko‘ra,
o‘rtacha bozor-risk mukofoti darajasi barcha izlanish ishtirokchilari uchun 7% ga
teng bo‘lgan. Ilmiy izlanish 2000-yilda takroriy o‘tkazilganda bozor-risk mukofoti
5% ga tushib qolgan. Bu natijalar 2 narsaga ishora qiladi. Birinchidan, bozor-risk
mukofoti o‘zgarmas emas. U umumiy biznes sikli davomida o‘zgarib turadi.
Shuningdek, KABM modelida kapital bahosini hisoblashda bozor-risk mukofotini
5 va 7 % o‘rtasida deb olish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: