“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-qadam: natijalarni baholash



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   202
Moliya UMK

3-qadam: natijalarni baholash
Talbot Korporatsiyasining oddiy aksiya yoki aksiyadorlik kapitalining bahosi 
14.4% ga teng, shunga qaramay, agar firma yangi aksiya emissiya qilsa, 7.50 
dollardan tranzaksion xarajatlarni amalga oshiradi va natijada yangi emissiya 
qilingan aksiyaning bahosi 15.18% ga teng bo‘ladi. 
 
Dividendlarning o‘sib borishi modelini amaliyotga tadbiq etish masalalari
 
Dividendlarning o‘sib borishi modelining eng asosiy afzalliklaridan biri 
kompaniyaning kapital bahosini hisoblashda uning qo‘llash uchun soddaligi 
hisoblanadi. Investorning talab etilgan qaytim stavkasini hisoblash uchun tahlilchi 
hozirgi dividend va aksiya bahosini kuzatib borishi va kelgusida dividendlardagi 


182 
o‘sish darajasini hisoblashi zarur bo‘ladi. Modelning birlamchi kamchiligi uning 
tadbiq etilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Buning sababi dividendlarning o‘sib 
borishi modeli fundamental faraz, dividendlarning o‘zgarmas 
g
darajada o‘sib 
borishiga asoslanadi. Bu farazdan foydalanmaslik uchun tahlilchilar murakkabroq 
baholash modellaridan foydalanadilar, misol uchun 5 yil bir xil darajada va keyin 
kelgusi 6 yilda kamroq darajada o‘sishi. Biz bu yerda bunday murakkab 
modellardan foydalanmaymiz. Hatto o‘zgarmas o‘sish darajasidan foydalanish 
mumkin bo‘lsa ham, o‘sha o‘sish darajasini hisoblashimiz zarur. Biz 
dividendlarning o‘sish darajasini o‘tgan yillardagi ma’lumotlardan foydalangan 
holda o‘zimiz hisoblay olamiz yoki o‘sishning kutilgan darajalarini nashr etilgan 
manbalardan topishimiz mumkin.Value Line kabi investitsion maslahat xizmatlari 
o‘zlarining tahlil qilingan daromadlarning o‘sish darajalarini (odatda 5 yillik 
ma’lumotlar beriladi) va Institutional Brokerlarning Baholash Tizimi (I/B/E/S) 
qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha 1000 dan ortiq tahlilchilarning har bir 
aksiyadan daromadlarning hisoblangan prognozlarini taklif etadi. Bu hisob-kitoblar 
foydali, ammo undan foydalanishda tahlilchining ehtiyotkorona qarori zarur
chunki ular daromadga qaratilgan (dividendlarga emas) va faqat 5 yilgacha bo‘lishi 
mumkin (dividendlarning o‘sish modelida talab etilgandek, doimiy emas). Shunga 
qaramay ular foydali, dividendlarning dastlabki o‘sishini hisoblash uchun maslahat 
berishi mumkin. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin