191
moslasak, tuzilmada amalga oshirilgan lohiyalarda ham farqlar kuzatiladi.
Masalan, ba’zi lohiyalar ishlab chiqarish imkoniyatini oshirish uchun qaratilgan
bo‘lsa, boshqalari yangi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratiladi. Ularning ikki turi
ham tuzilmalarda mavjud, ammo ularning risk darajalari turlicha.
Ma’lum tuzilma uchun yaxshi taqqoslash mumkin bo‘lgan firmani topish
murakkab. Ko‘pchilik qimmatli qog‘ozlari ommaviy savdoda bo‘lgan firmalar
biznesning bir qancha turlari bilan faoliyat yuritadilar, ammo ularda turlicha risklar
mavjud.
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra tuzilmaviy O‘TKB loyihaning diskont stavkasini
topishda ko‘maklashsa ham kompaniya bo‘yicha qo‘llaniladigan O‘TKBning
yaxshilangan turi xolos, hamda uni mukammal deb atab bo‘lmaydi. Shunga
qaramay, agar firmaning investitsion imkoniyatlari sanoat turi bo‘yicha risklardan
tubdan farq qilsa, tuzilmaviy O‘TKBning afzalligi firma o‘rtacha tortilgan kapital
bahosidan oshadi. Bu turli diskont stavkalariga ega loyihalar uchun metodologiya
vazifasini bajarib, menejerlar uchun, turli loyiha uchun diskont stavkalarni qo‘llash
bo‘yicha amalga oshiradigan xarajatlarni kamaytirishda samarasini beradi. 5-jadval
investitsion imkoniyatlarni baholash uchun yagona firma doirasida qo‘llaniladigan
O‘TKB va tuzilmaviy O‘TKB ni qo‘llash bo‘yicha xulosalarni aks etadi.
19.5-jadval
Mos o‘tkbni tanlash – diskont stavka va loyiha risklari
Kompaniya uning investitsion imkoniyatlarini aniqlayotganda firmaga turli risklar tahdid solgan
holatda ham yagona O‘TKBni qo‘llash uchun yetarlicha asosli sabablar mavjud. Yangi
investitsion lohiyalarni hisoblash jarayonida ko‘pchilik firmalar tuzilmaviy O‘TKBdan risklarni
bartaraf etish maqsadida turli diskont stavkalarni qo‘llaydilar. So‘nggisi loyihaga taalluqli kapital
bahosini hisoblaganda va firmaning o‘rtacha kapital bahosiga teng yagona diskont stavkani
qo‘llaganda vujudga keladigan xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: