189
yoqilg‘ini tashish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va savdo qiluvchi firma bo‘lib, bosh
ofisi San Antonio, Texasda joylashgan. Firma14 zavodga ega va AQSHning
chakana operatorlaridan biri bo‘lib, 5800 chakana savdo do‘konlari mavjud.
Firmaning operatsiyalari yoqilg‘i sanoatida marketing strategiyalarini qo‘llashga
qaratilgan bo‘lib, ular ishlov berilmagan yoqilg‘ini benzinga va boshqa transport
yoqilg‘ilariga aylantirishdan tortib ularni ommaga sotishgacha bo‘lgan barcha
jarayonlarni amalga oshiradilar. Har bir faoliyat turi uchun kapital bahosini
hisoblaganda, biz Valero korporatsiyasining bir segmentidagina faoliyat yurituvchi
yoki yetarlicha integratsiyalashmagan firma uchun taqqoslab O‘TKBni
hisoblaymiz. Masalan, yoqilg‘iga ishlov beruvchi biznes tuzilmasining o‘rtacha
tortilgan kapital bahosini hisoblaganda, Valero ishlov beruvchi sanoatda faoliyat
yurituvchi firmalar o‘rtacha tortilgan kapital bahosidan (SIC industry 2911) shu
sohaga tegishli O‘TKB ni hisoblashda foydalanadi
115
. Valeroning chakana savdoda
faoliyat yurituvchi firmasining kapital bahosini hisoblash uchun chakana savdo
bilan shug‘ullanuvchi firmalar (SIC 5411) ma’lumotlaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: