“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliya va kapitalning tarkibiy tuzilmasi



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202
Moliya UMK

21-mavzu. Moliya va kapitalning tarkibiy tuzilmasi 
REJA: 
1.
 
Biznes riski va moliyaviy risk 
2.
 
Zararsizlik tahlili 
3.
 
Operativ leverej manbalari 
4.
 
Kapital strukturasi nazariyasi 
5.
 
Kapital strukturasini boshqarishning asosiy usullari 
 
1. Biznes riski va moliyaviy risk 
Agar investorlarning kutilganidan kamroq olingan korporativ daromad 
sababli hafsalasi pir bo’lsa, bu ularning firmaning kelgusi faoliyatidan kutadigan 
natijalarini pasaytirib yuboradi va natijada, firmaning oddiy aksiyalari narxi 
tushadi. Shuning uchun, korporativ ijrochilar va direktorlar kengashi Vol Stritga 
topshiradigan daromadlar hisobotiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu sababli, 
moliyaviy tahlilchi aksiya birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchanlik manbalarini 
yaxshi tushunishi kerak. 
 
Bu bobda biz firmaning daromadlari oqimidagi o’zgarishni 3 xil manbaga 
ko’ra farqlaymiz: 
 


211 
1. Biznes sohasi tanlovi – firma faoliyat olib boruvchi sanoat tarmog’i 
sababli kelib chiqadigan tabiiy tebranishlar natijasida paydo bo’luvchi firma 
daromadlarida o’zgarishlar. Masalan, agar firma daromadlar biznes davrlari bilan 
bog’liq ravishda tebranib turadigan tez o’zgaruvchan sanoatda faoliyat yuritsa, u 
holda firma daromadlarining o’zgaruvchanligi biznes davrlari kamroq ta’sir 
ko’rsatadigan sanoatdagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Biz biznes daromadlaridagi 
bunday o’zgarishlarning manbasini biznes riski deb ataymiz.
 
2. Xarajatlar strukturasi tanlovi – firmani yuritish uchun sarflanadigan 
o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisini bildiruvchi firmaning xarajatlar 
strukturasi natjasida yuzaga keladigan firma daromadlarining o’zgaruvchanligi
121

O’zgarmas xarajatlarning (o’zgaruvchan xarajatlarga qaraganda) ko’p bo’lishi 
daromadlardagi o’zgarishlarga nisbatan foydaning o’zgaruvchanligini oshirib 
yuboradi.
 
Firmaning o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarining tuzilishi asosan firma 
faoliyat olib borayotgan sanoat tarmog’iga qarab aniqlanadi. Masalan, avtomobil 
sanoati zavodlar va ulardagi asbob-uskunalarga katta investitsiya kiritshni talab 
qiladi. Bu zavodning ishlashi darajasiga bog’liq bo’lmagan yuqori o’zgarmas 
xarajatlarga sabab bo’ladi. Biz firma daromadidagi bu o’zgarish manbasini 
operativ risk deb ataymiz.
3. Kapital strukturasi tanlovi – firma daromadlaridagi o’zgarish manbasi 
bo’lib, u qarzli moliyalashtirish kabi o’zgarmas daromadni talab qilivchi 
moliyalashtirish manbalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Biz 
daromadlardagi bu ko’rinishdagi o’zgarish manbasini moliyaviy risk deb ataymiz.
 
Biz endi firma daromadlaridagi bu uch o’zgarish manbasi alohida-alohida 
to’xtalib o’tamiz.
Firmaning o’z biznesini boshlaydigan vaqtda belgilab qo’yadigan biznes 
riskining eng yuqori miqdoridir.
 
Biznes riski 
Ammo, biznes riski firma daromadlarining o’zgaruvchanligiga ta’sir etgani 
uchun, u firmaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi firma foydasiga ham ta’sir 
qilishi mumkin.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin