“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202
Moliya UMK

 
8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi
67

Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta 
kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulot-lariga
boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning 
qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy 
vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik 
mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan 
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z 
operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va 
savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga 
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi 
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. 
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy 
moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval 
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi 
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini 
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan 
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi 
banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi 
"banca" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib 
chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun 
kursida o‘tirib almashtirganlar. 
67
Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga 
ko‘ra, mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola 
olmaydi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin